Swot -тахлили


Sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari


Download 1.65 Mb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#240623
1   2   3
Bog'liq
2 m.slayd

Sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari.

  • Sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari.
  • Xalqimimzning tarixi,uning urf odatlari,moddiy va ma’naviy boyliklari,barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda.Kishilar o’z orzu havaslarini yosh avlodlarda il-qizlarida ko’rishni istaydilar.Shu sababdan ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi.Ertak o’qigan bolalar qiyinchilikni yengishga,botir,jasur bo’lishga intiladilar.O’quvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman,men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak desalargina o’z xalqini munosib farzandlari bo’la oladilar.Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir.”Uch og’ayni botirlar”,”Zumrad va qimmat”,”Egri va To’g’ri” kabi bir qator ertaklar o’quvchilarning sevimli ertaklaridir.O’quvchilar bu ertaklardan kishi o’z mehnatiga ishonib yashashni kerakligigini,birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni o’qituvchi yordamida tushinib yetadilar.
  • O’quvchilar ikki xafta davomida kitoblar bilan tanishadilar.O’zlariga yoddan asar qaxramonlarining rasmlarini chizadilar,aplikasiyalar bilan bezatilgan rasmlar ham tayyorlashlari mumkin.Xafta yakunida o’qigan kitoblari asosida sahna ko’rininshlari tayyorlaydilar,monolog va diologlar o’qiydilar.Savol-javob,test uslublaridan foydalanadilar.
  • Darslar jarayonida o’rgangan xalq maqollari,hikmatli so’zlar,tez aytishlardan foydalanib o’quvchilarning o’g’zaki nutq ko’nikmalarini shakllantiish,mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga ega bo’ladilar.
  • Masalan:”Mexnatsevarlik” mavzusida quyidagi interfaol uslublardan foydalanish mumkin.
  • Jamoat tashkilotlari o’quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan xilma-xil mashg’ulotlarni o’qituvchilar yordamida tashkil qiladilar. Sinfdan tashqari ishlar o’z mazmuniga ko’ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badan tarbiya-sog’lomlashtirish ishlari bo’ladi. Sinfdan tashqari ishlar uch xil formada: ommaviy, to’garak va individual formalarda tashkil qilinadi.
  • Ommaviy shakllar: Ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bayramlari, ko’riklar, quvnoqlar va topqirlar to’garagi, sayr, maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko’rgazmalari va hokazolar.
  • To’garak ishlari: maktabdagi har bir to’garak o’zining doimiy ish kunlari va soatlarig ega bo’lishi lozim. To’garakda qat’iy intizom bo’lishi: to’garak a’zolari mashg’ulotlariga kechikmasdan kelishlari, to’garak topshiriqlarini batartib bajarishlari, to’garakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak.
  • Sinfdan tashqari yakka tartibdagi ish: Har bir o’quvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda sinfdan tashqari o’qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o’qish dasturi bor. O’quvchining nima o’qiyotgani va o’qigan narsalarini qanday idrok qilayotganini o’qituvchi bilishi juda muhim. SHuning uchun o’qituvchining sinfdan tashqari o’qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ’ib qilish va o’quvchilarda o’qilgan darsliklarni to’g’ri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan iborat.
  • Individual topshiriqlarning turlari juda ko’p bo’lib, o’simliklar o’stirish, gullar, svzvotlar yetishtirish ham ana shunday topshiriqlar jumlasiga kiradi. Individual topshiriqlarda har bir o’quvchining imkoniyat va qiziqishlari hisobga olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini o’stirishga yordam beradi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling