Sxematexnika moduliga kirish. Elektr sxemalar asoslari


Download 0.83 Mb.
bet2/6
Sana07.03.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1246717
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Электротехника 2-курслар учун 4-семестр 1-маъруза

Tabiatda ikki xil zaryad bor: musbat va manfiy. Bir xil ismli zaryadlar (ikkita musbat yoki ikkita manfiy) bir-biridan itariladi, har xil ismli zaryadlar (bitta musbat va bitta manfiy) bir-biriga tortiladi. Zaryadlarning ta’sirlashuvi ular orasida ta’sirlashuvni uzatuvchi materiya borligidan darak beradi, u elektr maydoni deb nomlanadi.

Maydonning moddadan asosiy farqi shundan iboratki, maydon odatda fazoda cheklanmagan bo‘ladi va modda orqali o‘tib ketaveradi, maydonning elektron, atom kabi kichik elementlari bo‘lmaydi. Elektr maydonning mavjudligi uning zaryadlarga ta’sir etishiga qarab seziladi.

Moddaning massa, tezlik, impuls, energiya, temperatura kabi ko‘plab xarakteristikalari bo‘lgani kabi, elektr maydonning ham elektr maydon kuchlanganligi va induksiyasi maydon potensiali energiya zichligi xarakteristikalari mavjud. Maydon impuls va impuls momentiga ham ega bo‘ladi. Fizikaning mexanika bo‘limida gravitatsion maydonlar bilan tanishgansiz. Endi esa elektr, so‘ngra magnit maydonlarning xossalari o‘rganiladi. Elektr va magnit maydonlar yagona elektromagnit maydonning ikki qismidir.

  •  

Zaryadlangan zarrachalar yoki zaryadlangan jismlarning atrofidagi fazoda elektr maydon mavjud bo’ladi. Bundan elektr maydonning manbasi zaryad ekan degan xulosa chiqadi. Bundan tashqari o’zgaruvchan magnit maydon ham elektr maydonni hosil qiladi. Zaryadlarning saqlanish qonuni: Neytral (zaryadi nol bo‘lgan) jismlarni ishqalash yo‘li bilan zaryadlash mumkin. Masalan, shishani yung bilan ishqalasa – ular turlicha zaryadlanib qoladi. Shunisi qiziqki, bunday ikki zaryadlangan jismni bir-biriga tekkizib qo‘yib, yana neytral holatga qaytarish mumkin. Zaryadlarning bu xossalari musbat va manfiy sonlarning xossalariga o‘xshaydi. Shuning uchun ikki turdagi zaryadlarni birini musbat, ikkinchisini manfiy zaryad deb nomlangan. Zaryadlarni qiymatlari haqiqiy sonlar kabi qo‘shilishi mumkin. shuningdek zaryadlarni saqlanish qonuni mavjudligi aniqlangan. Zaryadlar o‘rganilayotgan dastlabki davrlarda ma’lum bo‘lmasa ham, 20 asrga kelib zaryad - elementar zarralarning xossasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Musbat ion erkin elektron bilan bog‘lanib, yana asosiy holatiga – neytral holatiga qaytishi mumkin, bu hodisani neytrallanish, yoki rekombinatsiya hodisasi deb ataladi. Musbat ionlardan tashqari manfiy ionlar ham mavjud, ular atom ortiqcha elektronni bog‘lab olganda hosil bo‘ladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling