Sxemotexnika va


Download 1.29 Mb.
bet3/19
Sana24.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1061728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
методичка лабор. (лотин) 1-qism tekshirilgan

ISIS dasturi interfeysi
Quyida ISIS dasturining asosiy darchasi (oynasi) kelitirilgan bo‘lib, undainterfeys elementlarinin asosiy vazifalari qayd etilgan. Dastur darchasi to‘liq ochilgan darchaga mos kelmaydi, chunki o‘lchamlar kichraytirilganda, ba’zi menyular holatini o‘zgartiradi. Ko‘pgina dasturlardagi kabi Windows uchun ham darcha ichida menyuni qulay joyga ko‘chirish mumkin. Sichqonchaning chap tugmasi yordamida menyuni start elementi sifatida belgilab olib, tugmani qo‘yib yubormagan holda masalan, oriyentasiya menyusini darcha ichida darchaning o‘ng tomondagi vertikal chegarasiga ko‘chirish mumkin va tugmani qo‘yib yuborganda u o‘ng tomondan vertikal holda yopishib qoladi. Huddi shunday, yuqoridagi buyruqlar menyusidan ixtiyoriysini tanlash mumkin. Demak, dastur elementlarini o‘zimizga qulay joyga joylashtirishimiz mumkin ekan. Dasturning yana bir qulayligi: selektor darchasi ichida sichqonchani o‘ng ugmasini bosish yo‘li bilan, va chiquvchi darchada chap tugma yordamida Auto Hide tugmasi bosilsa, unga sichqoncha kursori olib kelinganda selektor avtomatik ravishda yopiladi. Bu holat 4:3 formatli monitorlarda tahrirlash darchasi uchun bir muncha joyni tejash imkoniniberadi. Bu rejimini bekor qilish uchun harakatlar takrorlanadi.
Samples papkasi – boshlovchilar uchun loyihalar namunasi hisoblanadi. ISIS dastlabki ishga tushirilganda ikkita chiquvchi darcha paydo bo‘ladi. Ulardan birida yangilanishlarni tekshirish taklif etiladi – bu yerda shak-shubhasiz «bolshe ne pokazыvat» yozuviga belgi qo‘yish mumkin. Boshqa darcha dastur bilan taklif etiladigan ko‘p sonli Sample Designs namunalarni ochishni taklif etadi. Agar Siz haqiqatda boshlang‘ich foydalanuvchi bo‘lsangiz, qaytadan ko‘rsatishga belgi qo‘yishga shoshilmang. Agar bur darchani blokirovka qilgan bo‘lsangiz – hafa bo‘lmang. Namunalarni tezkor usulda ochish uchun yuqoridagi Help => Sample Designs menyusidan foydalanish mumkin. Biror namuna (misol)ga to‘xtab o‘tish ko‘p vaqtni talab qiladi, ush sababli biz boshlovchilar uchun 6.9sp5 talqinidan olingan SAMPLES.HLP ajoyib fayli keltirilgan.



1.2–rasm. Proteus dasturi interfeysi


Schematic & PCB Layout – boshlovchilar uchun eng qiziq papkalardan biridir. Shiftpcb dan tashqari undagi barcha loyihalar real vatq rejimmida simulyasiya qilishga mo‘ljallanmagan, lekin ISIS dagi xxx.DSN, ARES dagi xxx.LYT plata loyihalari yakunlangan sxema varianti hisoblanadi.


MK Z80 va Dbell – eshik qo‘ng‘irog‘i ishlatilgan Cpu loyihasiga e’tibor qarating. Bu loyihalarda Cpuu.LYT va Dbellu.LYT nomga ega PSB (plata) oraliq fayllari mavjud bo‘lib, ular plataga komponentlar sifatida o‘rnatilmagan. Siz bu loyihalarni ARES da ochib komponentlarni avtomatik ravishda joylashtirish funksiyasini qo‘llashingiz mumkin. Yuqoridagi menyudan Tools => Auto Placer ni tanlash va ochilgan darchada OKni bosishingiz kifoya. Cpu.LYT va Dbell.LYT loyihalarida komponentlar joylashtirilgan bo‘ladi, lekin Tools => Auto Router avtotranssirovka yo‘lakchasidan foydlanish ham ummkin. Cpur.LYT va Dbellr.LYT loyihalari avvaldan saralangan platalarga ega. Ixtiyoriy etapda ARES da yuqoridagi Output => 3D Visualization menyu yordamida plataning uch o‘lchamli tasvirini chaqirish mumkin va uni sichqonchaning chap tugmasi yordamida ushlab aylantirish va har tarafdan o‘rganish mumkin (1.3–rasm).



1.3–rasm. 3D Visualization menyu yordamida plataning uch o‘lchamli tasviri





Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling