Sxemotexnika va


Download 1.29 Mb.
bet14/19
Sana24.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1061728
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
методичка лабор. (лотин) 1-qism tekshirilgan

Ketma-ketli registrlardaaxborotni razryadlarga yozilishi va o‘qilishi vaqt bo‘yicha ketma-ket, ya’ni navbatma-navbat amalga oshiriladi. Sinxroimpulslar yordamida axborot ketma-ket siljitish usulida yoziladi. Shuning uchun registrlar ketma-ketli deb ataladi.
Paralell registrlar parallel kirishlar va chiqishlarga ega bo‘lib, ularga axborot bir vaqtnig o‘zida barcha razryadlariga yagona boshqaruv takt signali asosida yoziladi. Bunday registrlar xotira registrlari deb ataladi.
Ketma-ketli registrlar
Ketma-ketli registrlar, yoki siljitish registrlari tashqi sinxrosignallar ta’sirida ikkilik axborotni siljitish amalini bajarishga mo‘ljallangan.
Siljitish yo‘nalishiga ko‘ra siljitish registrlari uchta yo‘nalishga bo‘linadi:
– sonlarni kichik razradyalardan boshlab katta razryadlarga siljituvchi registrlar, o‘ngga siljituvchi registrlar deb ataladi;
– sonlarni katta razradyalardan boshlab kichik razryadlarga siljituvchi registrlar, chapga siljituvchi registrlar deb ataladi;
– sonlarni ham o‘ngga, ham chapga siljituvchi registrlar reversiv siljituvchi registrlar deb ataladi.
7.1–rasmda D-triggerlarda bajarilgan to‘rt razryadli o‘ngga siljituvchi registr sxemasi va shartli belgisi keltirilgan.
Registr bitta D axborot kirishiga ega bo‘lib, unga nol va birlar ketma-ketligi ko‘rinishidagi axborot kelib tushadi. Registr yana S takt kirishiga ham ega bo‘lib, unga sinxronlovchi impulslar beriladi.
O‘ngga siljitish registri quyidagicha ishlaydi:
Registrning Q1Q4 parallel chiqishlarida axborot bir vaqtda, Q4 ketma-ketli chiqishida esa faqat bir bitdan navbatma-navbat paydo bo‘ladi.
Birinchi trigger D1 axborotning har bir so‘zidagi kichik razryadga, D4 – esa katta razryadga javob beradi. Axborot kichik razryaddan boshlab kela boshlaydi.



7.1–rasm. O‘ngga siljitish registri: sxemasi (a), shartli belgisi (b)
Barcha D-triggerlarning S takt kirishlariga bir vaqtda sinxronlovchi impulslarning kelishi bilan keyingi trigger chiqishi avvalgi trigger holatidan nusha oladi.
To‘rtta triggerdan tuzilgan yoki to‘rt razryadli trigger to‘rt bittan iborat axborotni qabul qilishi mumkin.
Trigger turlarini tahlil qila turib, axborot ham o‘ngga, ham chapga siljishi mumkinligini ta’kidlab o‘tamiz. Bu registrning D kirishiga axborot qanday kelib tushayotganligiga bog‘liq: registrning kichik razryadidan boshlab yoki katta razryadidan boshlab.
7.2–rasmda chapga siljituvchi to‘rt razryadli registr sxemasi keltirilgan.
Chapga siljitishni amalga oshirish uchun so‘nggi D4 triggera kirishi registrning kirishi bo‘lib hisoblanadi, har bir keyingi triggerning chiqishlari esa avvalgi trigger D-kirishlariga ulanadi.

7.2–rasm. Chapga siljitish registri: sxemasi (a), shartli belgisi (b)


Chapga siljitish registri quyidagicha ishlaydi:
Deylik, t1 vaqt momentiga kelib registrning D-kirishiga bir berilgan bo‘lsin. U faqat D4 katta razryad triggeri ni ishga tushirishga shaylaydi. D1, D2, D3 triggerlarning D-kirishi esa nol potensiali ostida qoladilar.
t1 vaqt momentida 1-sinxrosignal fronti D4 katta razryad triggerini ishga tushiradi va uning chiqishida Q4 = 1 bo‘ladi. Bu axborot D3 triggerning D-kirishiga uzatiladi va D3 triggerni ishga tushishiga shaylaydi.
t2 vaqt momentida 2-sinxrosignal fronti D3 triggerini ishga tushiradi va uning chiqishidagi Q3 potensialni noldan birga o‘zgartiradi.
t3 vaqt momentida 3-sinxrosignal fronti D2 triggerini ishga tushiradi va Q2 chiqishida mantiqiy birni o‘rnatadi.
T4 vaqt momentida 4-sinxrosignal D1 triggerini ishga tushiradi va Q1 potensial birga teng bo‘ladi.
Xuddi shunday usulda t4, t5, t6 vatq momentlarida registrning D kirishlariga kelib tushgan mantiqiy birlar yoziladi va siljitiladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling