Sxemotexnika va
Download 1.29 Mb.
|
методичка лабор. (лотин) 1-qism tekshirilgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinxron RS -trigger
Asinxron RS-trigger deb ikkita turgun holatga ega bo‘lgan mantiqiy qurilmaga aytiladi. RS-trigger ikkita axborot S va R axborot kirishlariga ega.
R – nolni o‘rnatish yoki olib tashlash kirishi, yoki nolinchi kirish S – birni o‘rnatish yoki o‘rnatish kirishi, yoki bir kirishi S-kirishga mantiqiy bir (S = 1), R- kirishga mantiqiy nol (R = 0) berilsa trigger ishchi holga keladi, ya’ni bir holat o‘rnatiladi, unda Q = 1 va = 0 bo‘ladi. S-kirishga mantiqiy nol (S = 0), R- kirishga mantiqiy bir (R = 1) berilsa trigger olib tashlanadi, ya’ni nol holat o‘rnatiladi, unda Q = 0 va = 1 bo‘ladi. RS-trigger sodda tuzilmaga ega bo‘lib, u asosiy negiz deb ataladi. RS-triggerni bul bazasidagi ixtiyoriy mantiqiy elementlardan tuzish mumkin. 6.2, a–rasmda 2YOKI-EMAS MElaridan yasalgan RS-trigger sxemasi, 6.2, b-rasmda uning shartli belgisi keltirilgan. 6.2–rasm. Asinxron RS-trigger: sxemasi (a) va shartli belgisi (b) 6.1-jadval RS- triggerning o‘tish jadvali RS-trigger ishini aks etuvchi 6.1-jadvalda Qn– triggerning avvalgi holati, Qn+1 – esa hozirgi holatini anglatadi. X yordamida esa holatga bog‘liq emaslik ifodalangan. Sinxron RS-trigger Sinxron RS-trigger CRS-trigger deb belgilanadi. Asinxron triggerdan farqli ravishda sinxron triggerda holat sinxronlovchi signal S mavjud hollarda sodir bo‘ladi. Sinxron CRS-triggerni asinxron triggerga sinxronlovchi kirish S ni qo‘shish orqali hosil qilish mumkin. CRS-triggerni masalan, 4 ta YOKI-EMAS MElari asosidagi RS-triggerda tuzish mumkin (6.3,a-rasm). CRS- triggerning shartli belgilanishi (6.3,b–rasm) asinxron RS-trigger shartli belgilanishi (a)ga o‘xshash, faqat qo‘shimcha sinxronlovchi kirish S mavjud. CRS-triggerning ishlash tamoyili shunda-ki, triggerning R va S kirishlari triggerni faqat ishga tushishiga tayyorlaydi, R va S kirishlarning holatiga ko‘ra o‘rnatish yoki olib tashlash faqat S kirishga “ ” (front) impuls berilgandagina sodir bo‘ladi. 6.3–rasm. Sinxron RS-trigger: sxemasi (a) va shartli belgisi (b) 6.2-jadval СRS- triggerning o‘tish jadvali
D-trigger Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling