Sxemotexnika va


Download 1.29 Mb.
bet10/19
Sana24.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1061728
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
методичка лабор. (лотин) 1-qism tekshirilgan

VA (AND) elementi





YOKI (OR) elementi





INKOR (NOT) elementi




Topshiriq:



  1. “Proteus” dasturida mantiqiy elementlar kobinatsiyalaridan tashkil topgan zanjirlarning haqiqiylik jadvallarini tuzing.

b) bajarilgan laboratoriya yuzasidan hisobot tayyorlang.
Nazorat savollari

1. Qanday signallar raqamli deb ataladi?


2. Sanoq tizimlari haqida so‘zlab bering.
3.VA, YOKI, INKOR mantiqiy funksiyalari nimani anglatadi?
6-laboratoriya ishi
Proteus dasturi asosida xotira elementlari - triggerlarni tadqiq etish


Ishning maqsadi: Proteus dasturi asosida xotira elementlari tuzilmasi va ishlash tamoyilini tadqiq etish.


Nazariy qism


Tadrijiy qurilmalar – xotiraga ega bo‘lgan raqamli avtomatlardir.
Ular ma’lum miqdordagi ichki holatlari bilan xarakterlanadilar. Tadrijiy qurilmalar kirishdagi signallar ta’sirida bir holatdan ikkinchisiga o‘tadilar. Qurilmaning yangi holati kirishda ta’sir etayotgan signallar kombinasiyasi hamda avtomat bundan avvalgi vaqt momentida bo‘lgan holatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun tadrijiy qurilmalar kombinasion qism va xotira elementlaridan tashkil topadi. Bir bit axborot (0 yoki 1) saqlaydigan eng sodda xotira elementi funksiyasini trigger bajaradi.
Triggerlar. Triggerlar – ikkita turg‘un holatga ega bo‘ladigan elementlardir. Triggerlar raqamli tizimning eng keng tarqalgan ynuksional elementlari hisoblanadilar. Ular impulslar sanagichlari, registrlar, xotira qurilmalari, impuls taqsimlagichlar va boshqalarda qo‘llaniladi.
Ikkita turg‘un holatga ega bo‘lgan, musbat teskari aloqaga ega bo‘lgan mantiqiy sxema trigger hisoblanadi. Bu qurilma tashqi signallar ta’sirida biror ixtiyoriy holatga qayta ulanadi (o‘tadi) va kirishdagi signallar yo‘qolgandan keyin ham cheksiz vaqt mobaynida bu holatda qolishi mumkin.
Triggeralar ikkita chiqishga ega bo‘lib, ularning sathidan trigger holati haqida fikr yuritish mumkin. Chiqishlardan biri to‘g‘ri yoki bir chiqishi deb ataladi va Q deb belgilanadi, ikkinchi chiqish esa invers yoki nol chiqishi deb ataladi va deb belgilanadi (6.1–rasm).

6.1–rasm. Triggerning umumlashgan sxemasi


Trigger holatlaridan birinchisi nolinchi deb hisoblanadi va olib tashlovchi deb ataladi. Bunda Q chiqish nol potensiali ostida bo‘ladi, ya’ni Q = 0, = 1.


Triggerning umumlashgan tuzilma sxemasi (6.1–rasm) ikki qismdan iborat: xotira elementi – trigger T va boshqaruv sxemasi SU. SU sxemani kirishiga boshqaruvchi signallar tashqaridan uzatiladi.
A1, …, Ankirishlar axborot yoki mantiqiy kirishlar deb ataladi. Ularga mantiqiy nol yoki bir ko‘rinishidagi ikkilik axborot beriladi. Boshqaruv sxemasi yordamida kirishga berilayotgan axborot 00, 01, 10, 11 signallar kombinasichyasiga o‘giriladi va bevosita triggerning a1, …, an kirishlariga ta’sir etadi.
Trigger sxemasi, mantiqiy kirishlardan tashqari sinxronlash kirishlari (S1, …, Sn), boshqaruv kirishlari (V1, … , Vn) hamda o‘rnatish kirishlari, ya’ni bevosita S - i R kirishlarga olib tashlash yoki o‘rnatish kirishlariga ega bo‘lishlari mumkin.
S kirish – birlik holat yoki bir kirishini o‘ranatish uchun.
R kirish – nollik holat yoki nol kirishini o‘ranatish uchun.
S1, … ,Sn kirishga berilayotgan takt yoki sinxronlash signallari Suda yozish yoki o‘qish holati, ya’ni triggerni qayta ulanish momentlarini aniqlaydi.
Triggarlarni ko‘p belgilariga ko‘ra sinflash mumkin: tuzilish sxemasiga ko‘ra, ishlash mantiqiga ko‘ra, axborotni yozish usuliga ko‘ra.
Integral sxemotexnikada ikkita kirishga ega bo‘lgan RS- va JK-triggerlari, universal D(RS), JK(RS)-triggerlar ko‘p uchraydi.
Axborotni yozish usuliga ko‘ra triggerlar ikki turga bo‘linadi: asinxron va sinxron.
Asinxron triggerlari faqat axborot kirishlairga ega bo‘ladilar (sinxronlash kirishi mavjud bo‘lmaydi). Ularda axborotni yozish signal berilayotgan ixtiyoriy vaqt momentida sodir bo‘ludi.
Sinxron triggerlarning o‘ziga xosligi shunda-ki, ularda qo‘shimcha taktlovchi (sinxronlovchi) S kirishi mavjud bo‘lib, unga sinxronlovchi impulslar berilgandagina axborot yoziladi. Bunda sinxron triggerlar bir taktli va ko‘p taktli turlarga bo‘linadi. Bir taktli sinxron triggerlarda har safar sinxroimpuls kelganda u ishga tushadi. Ko‘p taktli triggerlarda esa n – takt impulsi berilgach axborotniyo zish tugaydi.
Asinxron RS-trigger

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling