Sxemotexnika va


Download 1.29 Mb.
bet18/19
Sana24.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1061728
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
методичка лабор. (лотин) 1-qism tekshirilgan

Ketma-ketli – pararllel sanagichlar bir nechta parallel ulangan sanagichlar o‘zaro ketma-ket ulanib hosil qilinadi.
Sanagichlarnig asosiy vaqt parametrlari bo‘lib ruxsat berish imkoniyati va qayd etish vaqti hisoblanadi. Bu parametrlar sanagich tezkorligini belgilaydilar.
Ruxsat berish imkoniyatibu sanagichning ishonchli ish rejimi ta’minlanadigan kirish impulslarining kelib tushish minimal davri.
Ketma-ketli sanagichlar odatda har biri moduli 2 ga teng ishlaydigan bir nechta triggerlardan tuziladi. Bunda triggerlar shunday ketma-ket ulanadi-ki, p-trigger chiqishi bevosita p + 1 trigger kirishiga ulanadi.
Ketma-ketli triggerlar asinxron sanagichlar sinfiga kiradi, chunki ulardagi razryadlar holati sinxroimpulsning navbatdagi fronti kelishi bilan ketma-ket o‘rnatiladi. Ketma-ketli sanagichlar D- yoki JK-triggerlarda tuziladi.



8.1–rasm. Ketma-ketli jamlovchi sanagich: sxemasi (a),
shartli belgisi (b)

8.1–rasmda ketma-ketli jamlovchi sanagich sxemasi keltirilgan bo‘lib, u D-triggerlarda yasalgan.


Bu yerda C sanob kirishi; R – sanagichning olib tashlash kirishi;
R – sanagichning to‘lish chiqishi.
Triggerlarning sanoq uchun ishga tushirilishi D-axborot kirishini shu triggerning invers chiqishiga ulash orqali amalga oshiriladi. Sanagich tarkibiga kiruvchi triggerlar, albatta olib tashlash kirish R ga ega bo‘lishlari kerak. Ish boshlashdan avval yoki zarurat tug‘ilganda R kirishga birlik impuls beriladi, natijada barcha triggerlardagi ma’lumotlar olib tashlanadi va R kirishda nolinchi sath (daraja) o‘rnatiladi.
Sanagich tarkibidagi har bir triggera o‘zining og‘irlik koeffisiyenti bilan xarakterlanadi. Og‘irlik koeffisiyenti 2n−1 ko‘rinishida aniqlanadi, bu yerda n – trigger (razryad)ning tartib raqami.
Demak, birinchi trigger 20 = 1, ikkinchi trigger 21 = 2, uchinchi trigger 22 = 4, to‘rtinchi trigger 23 = 8 va x.z. og‘irlik koeffisiyentiga ega bo‘ladi.
Birinchi triggerning S kirishi hisoblagiyaning jamlovchi kirishi deb ataladi. Hamlovchi sanagichning ishlash tamoyilini ifodalovchi vaqt diagrammalari 8.2-rasmda keltirilgan.



8.2–rasm. To‘rt razryadli jamlovchi sanagich ishini izohlovchi


vaqt diagrammalari

Jamlovchi sanagichda har bir keyingi trigger avvalgi triggerning invers chiqishi Q orqali ishga tushiriladi.


Sxema quyidagicha ishlaydi. Sanoq boshlanishidan avval sanagichni olib tashlash, ya’ni barcha triggerlar nol holatiga keltirilishi lozim. Buning uchun R kirishga qisqa davrli (t1t2 momentlar intervali) birlik impuls beriladi. Bunda barcha triggerlardagi ma’lumot o‘chiriladi, ya’ni nol o‘rnatiladi. Olib tashlash impulsi t2 tugagach, ya’ni S impulsi berilgach (t3 moment) hisoblash boshlanadi.
Sanoq impulsining birinchi fronti 1 kelishi bilan D1 birinchi trigger ishga tushadi. Uning Q1 chiqishida 1 o‘rnatiladi, Q1invers chiqishi D2 potensiali esa 1 dan 01 ga o‘zgaradi, ya’ni kesim shakllanadi. Shuning uchun D2 trigger o‘zgarmaydi, chunki trigger front kelishi bilan ishga tushadi. Sanagichning Q1, Q2, Q3 va Q4 chiqishlarida 0001 soni qayd etiladi.
Sanoq impulsining ikkinchi fronti 2 kelishi bilan D1 birinchi trigger Q chiqishida 1 o‘rnatiladi, u o‘tkazish impulsi hisoblanadi. Bunda Q1 fronti yordamida D2 ishga tushiriladi. Sanagichning Q1, Q2, Q3 va Q4 chiqishlarida 00101 soni qayd etiladi.
8.1-jadval




Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling