Sxemotexnika va
D-trigger yoki kechikish -
Download 1.29 Mb.
|
методичка лабор. (лотин) 1-qism tekshirilgan
D-trigger yoki kechikish -triggeri (inglizcha Delay – kechikish so‘zidan) – bitta axborot kirishi D hamda sinxrosignal kirishi S mavjud bo‘lgan sodda yakuniy avtomatdir. D-trigger sinxron trigger hisoblanadi. D-kirish triggerni ishga tushishga tayyorlaydi, jumladan, ishga tushish sinxrosignal S fronti bilan ishga tushiriladi, ya’ni S fronti D trigger holatidan nusxa oladi.
D-trigger, ixtiyoriy sinxron trigger kabi ikki usulda ishga tushiriladi: alohida va sanoq yordamida. Alohida ishga tushirilgandaD-kirish biror tashqi qurilmaga ulanadi, sanoq usulida esa – aynan shu triggerning invers chiqishiga ulanadi. Bitta D-axborot kirishning mavjudligi ikkita kirishli D-triggerdan afzaldir. Chunki kaskadlar orasidagi aloqalar soni kamayadi. D-trigger sxemasi va uning shartli belgilanishi 6.4–rasmda keltirilgan. Bu yerda D- va C-kirishlarni tashkil etish mos ravishda D1 invertor va D2 va D3 larda bajarilgan HAM MEda yasaladi. D4 vaD5 larda bajarilgan YOKI ME sxemalari RS-triggerni yuzaga keltiradi. D-triggerning ishlash qonuniyati o‘tishlar jadvalida keltirilgan (6.3-jadval). Jadvaldan ko‘rinib turibdi-ki, ham C = 0, ham C = 1 holatarda trigger avvalgi holatini saqlab qoladi, ya’ni avvalgi axborotni saqlaydi. Trigger faqat sinxrosignal S fronti mavjudligidagina ishga tushadi, bunda S kirish sathi 0 dan 1 ga o‘zgaradi (“ ”). D-trigger S = 0 va S = 1 holatlarda, hamda sinxrosignal 1 dan 0 ga o‘zgarganda D kirish holatini qabul qilmaydi. Triggerning S kirishiga sinxrosignal berilmaganda u Qn axborotni saqlash holatida bo‘ladi va D kirish o‘zgarishlariga e’tibor bermaydi. Demak, trigger D –axborot kirishi bo‘yicha yuqori halaqitbardoshlikni ta’minlaydi. 6.4–rasm. D-trigger: sxemasi (a); shartli belgisi (b) 6.3-jadval D - triggerning o‘tish jadvali Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling