Сўз санъати халқаро журнали
СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
Download 404.54 Kb. Pdf ko'rish
|
3817-Текст статьи-7689-1-10-20220117
СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
№6 | 2021 94 2. A+N. 7. Adv+V. 3. A+V. 8. A+V. 4. Adv+N. 9. Q+V. 5. P+N. 10. V+V. Yuqoridagilar ikkita so‘zdan iborat so‘z birikmasi modellaridir. Uch va undan ortiq so‘zdan iborat so‘z birikmasi uchun ham yuqoridagi kabi modellar ishlab chiqilishi kerak. Bu jarayon matnning avtomatik sintaktik tahlilini amalga oshirishga yordam beradi. Ko‘p ma’noli so‘zlar va ular bilan birikadigan so‘zlarning ro‘yxati hamda tasviriy ifodalar ham alohida kiritilishi lozim. Bosh so‘zning talabi bilan ergash so‘zning ma’lum grammatik vositani olishi boshqaruv d eyiladi. Boshqaruv ikki xil bo‘ladi: a) kelishik yordamidagi boshqaruv: Bosh kelishik: - ( bitishuv). Qaratqich kelishigi: -ning ( moslashuv). Tushum kelishigi: -ni (boshqaruv ). Jo‘nalish kelishigi: -ga-ka,-qa ( boshqaruv). O‘rin-payt kelishigi: -da (boshqaruv). Chiqish kelishigi: -dan (boshqaruv). Boshqaruv: olmani terish, ko‘chaga chiqmoq, maktabda o‘qimoq, ishdan qaytmoq; b) ko‘makchi yordamidagi boshqaruvda ergash so‘z bosh so‘zga ko‘makchi yordamida birik adi: kasb haqida insho, ko‘prik orqali o‘tish. Boshqaruvda ayrim hollarda grammatik vosita ifodalanmasligi mumkin: kitob o‘qish. Boshqaruv munosabatli so‘z birikmalarining quyidagi modellari mavjud: 1. N+CM/ Pr+V. 9. A+ CM/Pr+A. 2. V+C/Pr+V. 10. Q+ CM/Pr+Adv. 3. Adv+CM/Pr+V. 11. N+ CM/Pr+N. 4. A+CM/Pr+V. 12. N+ CM/Pr+A. 5. P+CM/Pr+V. 13. N+ CM/Pr+Adv. 6. Q+ CM/Pr+V. 14. N+ CM/Pr+Q. 7. Im + CM/Pr+V. 15. N+ CM/Pr+P. 8. P+ CM/Pr+A. So‘z birikmalarini modellashtirib olish faqat tarjima jarayonini tezlashtiribgina qolmaydi, balki o‘zbek tilini o‘rganishni osonlashtiradi ham. So‘z birikmalarining kombinatorik lug‘atini yaratish kompyuter lingvistikasi oldida turgan dolzarb vazifalardandir. O‘zbek tilidagi matnlarni erkin kontekstli grammatika asosida tahlil qilish uchun, dastlab, tilning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash lozim. Tahlil jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan quyidagi holatlar mavjud: Suffikslar bilan hosil bo‘luvchi birikmalar strukturasi Gap tarkibida bo‘laklar tartibining erkin ekanligi Gapdagi kesim va boshqa bo‘laklarning bir-biriga moslashuvi Sifatdosh, ravishdosh, harakat nomining mavjudligi Qo‘shimchalar qo‘shilganda so‘z tarkibining o‘zgarishi. Har bir bo‘lak gapda ma’lum bir vazifani bajaradi. Turkiy tillarga xos strukturalardan foydalangan holda, o‘zbek tilida quyidagi birikmalar mavjud deb aytish mumkin: P1: Ega birikma P2: Nominativ obyektli birikma P3: Vositasiz to‘ldiruvchili birikma P4: Yo‘nalishni ifodalovchi birikma P5: Makonni ifodalovchi birikma P6: Manbani ifodalovchi birikma P7: Ravishli birikma P8:Ko‘makchili birikma |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling