Сўз санъати халқаро журнали
СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
Download 404.54 Kb. Pdf ko'rish
|
3817-Текст статьи-7689-1-10-20220117
СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
№6 | 2021 93 Vnp hozirgi zamon sifatdoshi yoki harakat nomi shaklidagi fe’l uchun V o‘tgan zamon sifatdoshi yoki majhul nisbatdagi fe’l uchun Vcn, fe’lli birikma uchun VP, yordamchi fe’llar uchun aux, modal fe’llar uchun mod shartli qisqartmalaridan foydalaniladi. 5. Ravish ifodalanayotgan harakat, holatning belgisi yoki turlicha vaziyatlarini bildiradi. Ravish, asosan, fe’lga, sifat yoki ravishga ham bog‘lanib, Qay tarzda? Qayerda? Qachon va h. k. so‘roqlarga javob bo‘ladi. Ravish uchun Adv yoki D simvolidan foydalaniladi. 6. Olmosh gapda ot, sifat yoki ravish o‘rnida qo‘llanuvchi so‘z turkumidir. Olmosh uchun Pron, P va Pr simvollaridan foydalaniladi. 7. Undov so‘zlar uchun Interj simvolidan foydalaniladi. 8. Taqlid so‘zlar uchun Mim yoki Im. simvollaridan foydalaniladi. So‘zlar kelishik qo‘shimchalari, ko‘makchilar yoki ohang yordamida bog‘lanadi. So‘z birikmalari birika olish qobiliyatiga ko‘ra 3 xil bo‘ladi: 1. Moslashuv munosabatli so‘z birikmalari. 2. Bitishuv munosabatli so‘z birikmalari. 3. Boshqaruv munosabatli so‘z birikmalari. Moslashuv munosabatida tobe so‘z hokim so‘zga qaratqich kelishigi yordamida tobelanib bog‘lanadi. Moslashuv munosabatli so‘z birikmasida ot va otlashish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar birikadi. Fe’lning vazifa shakllari bo‘lmish sifatdosh va harakat nomi ham tobe va hokim so‘z bo‘lib kelishi mumkin. Moslashuv munosabatli so‘z birikmalarini quyidagicha modellashtirish mumkin: 1. N+PC+N. 2. N+PC+A. 3. N+PC+P. 4. N+PC+Adv. 5. N+PC+Q. 6. N+PC+V. 7. N+PC+Im. 8. A+PC+N. 9. A+PC+P. 10. A+PC+Q. 11. A+PC+A. 12. A+PC+V. 13. A+PC+Adv. 14. A+PC+Im. 15. Adv+PC+N. 16. Adv+PC+V. 17. Q+PC+N. 18. Q+PC+V. 19. V+PC+A. 20. V+PC+Adv. 21. V+PC+Q. 22. V+PC+N. 23. P+PC+N. 24. P+PC+A. 25. P+PC+V. 26. P+PC+Q. 27. P+PC+Im. 28.P+PC+P. Bitishuv munosabatli so‘z birikmasida so‘zlar ohang yordamida bog‘lanadi. Bu munosabatdagi birikmalarni tarjima qilish jarayonida so‘zlar semantikasiga, sinonimik qatorga, matn uslubiga alohida e’tibor berish zarur. Bitishuv munosabatli so‘z birikmalarini quyidagicha modellashtirish mumkin: 1. N+N. 6. V+N. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling