T-221-guruh talabasi Sobirov Shokir


Download 14.72 Kb.
bet4/5
Sana03.12.2023
Hajmi14.72 Kb.
#1798983
1   2   3   4   5
Bog'liq
Taqdimot (8) (4)

1510-yilda Shayboniyxon Safaviylar daylatining hukmdori Ismoil Safaviydan Marv yaqinidagi Murg‘ob daryosi qirg‘og‘ida, Tahrirobodda mag‘lubiyatga uchraydi, eron safaviylari Shayboniyxonni qo‘lga olishadi. Shoh Ismoil buyrug‘iga ko‘ra, 1510-yil 12-dekabrda uning kallasi olinib, po‘sti shilinadi, po‘sti ichi somon bilan to‘ldirilib, Safaviylarning G‘arbdagi dushmanlari bo‘lmish Usmonli turklar hukmdori Sulton Boyazid IIhuzuriga jo‘natiladi. Shayboniyxonning bosh chanog‘i esa shoh Ismoil uni oltin bilan qoplab, bazm-u jamshidlarda unga may quyib, qadah o‘rnida foydalangan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilingan.

Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon davrida poytaxt Samarqanddan Buxoroga koʻchirilgan va davlatning rasmiy nomi Buxoro xonligi deb ataladigan boʻlgan. Xususan, Ubaydullaxon Shayboniylar sulolasini saqlab qolish va uni mustahkamlashda muhim rol oʻynadi. Ubaydullaxon vafot etgach (1540), xonlik qisqa muddat 3 qismga boʻlinib, Buxoroda AbdulazizxonSamarqandda AbdullatifxonBalxda Pirmuhammadxon hukmronlik qilishgan. Abdullaxon II bu tarqoqlikka barham berib, xonlik hududini birlashtirgan va uni yanada kengaytirgan. Abdullaxon II vafot etgach, uning oʻgʻli Abdulmoʻminxon va amakivachchasi Pirmuhammadxon II qisqa muddat xon boʻlishgan. XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi murakkab qaramaqarshiliklar natijasida Shayboniylar hokimiyatdan ayrilishdi. Soʻnggi shayboniy Pirmuhammadxon II oʻziga qarshi chiqqan Samarqand hokimi Boqi Muhammad bilan 1601-yil iyunda Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamolda boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragach, taxtni topshirishga majbur boʻldi. Shunday qilib, 1601-yildan Buxoro xonligini yangi turkiy sulola — Ashtarxoniylar (Joniylar) boshqarishga kirishgan.

Abdullaxon II

Abdullaxon II (1557-1598yy.) nomi bilan yagona kuchli davlat barpo etish harakati bogʻlangan. U 1557 yil Buxoroni zabt etadi, 1561 yil bu yerga poytaxt koʻchiriladi va davlat Buxoro xonligi nomi bilan yurita boshlanadi. Abdullaxon II hukmdorligi davrida bunyodkorlik ishlari quloch otadi- Karmanada Zarafsxon daryosi ustiga koʻprik quriladi, Balx va Buxoroda koʻp sonli madrasalar qad rostlaydi. Xon imom Abubakr Saadiy maqbarasi atrofida masjid, madrasa, turar joy binosi va boshqa imoratlardan tashkil topgan majmuani bunyod etadi. 1598 yilda Abdullaxon vafot etgach yagona oʻzbek davlatini yaratish umidi ham soʻnadi.


Download 14.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling