T a d b ir k o r L ik n I r IV o j L a n t ir is h is t iq b o L l a r I
A h oli b an d ligin i sam arali ta’m inlash va farovon ligin i
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
15-maruza. O‘zbekiston Respublikasida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari
A h oli b an d ligin i sam arali ta’m inlash va farovon ligin i
y u k sa ltirish n in g m u h im om ili sifatida oilaviy biznesni rivojlan tirish istiqbollari Mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlik harakatini rivojlantirish, xususiy sektorning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini oshirishga qaratilgan tizimli va tadrijiy chora- tadbirlar izchil olib borilmoqda. Chunonchi, xususiy sektorning erkin va mustaqil rivojlanishini ta’minlaydigan zarur huquqiy asoslar yaratildi va ular faol takomillashtirib borilmoqda. Bularning barchasi yurtimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va yangi bosqichga olib chiqishda zarur bo'lgan siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy sharoit shakllangani ifodasidir. Albatta, erishilgan yutuq va natijalar ko'lamini yanada kengaytirish, sohaga yangi huquqiy munosabatlami joriy etishni davming o'zi talab qilmoqda. Davlatimiz rahbari Oliy Majlis palatalarining 2010-yil 12-noyabrda bo'lib o'tgan qo'shma majlisida ilgari surgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ham bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo'yish vaqti keldi, deb alohida qayd etildi. Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yurtimizda biznesni tashkil qilishning mazkur shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo'jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to'la mos keladi. Bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa, oilaviy biznesning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va keng rivojlanishi hamda yangi ish o'rinlarining ochilishiga sharoit tug'iladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov milliy qishloq xo'jaligimiz taraqqiyotining ko'p ming yillik taraqqiyot yo'li - mehnat mentalitetiga asoslanib, oilaviy tadbirkorlik, xususan oilaviy fermerlik harakatini ustuvor rivojlantirish masalasini kun tartibiga qo'ydi. Bu aslo bejiz emas. Zero, Prezidentimiz o'zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” nomli mashhur asarida o'rinli ta’kidlaganidek: “Har qaysi millatning o'ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oiianing o'mi va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg'ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasawurlari birinchi galda oila bag'rida shakllanadi”25. Bu ko'p qirrali jarayonda oilaviy mehnat an’analari alohida ahamiyat kasb etadi. Oilaviy mehnat an’analari har bir farzandning mehnat haqidagi dastlabki tasawurlari, kasbga bo'lgan qiziqish va intilishi, zamonaviy ilmlami o'rganishga bo'lgan harakatini belgilanishida tarbiya o'chog'i bo'lib xizmat qiladi. Millatimizda azal-azaldan oilaviy dehqonchilik va chorvachilik mehnat madaniyati ustuvor bo'lib kelgan. Bugun shu mehnat madaniyatining yanada barqaror o'sishi va rivojlanishi uchun barcha zaruriy
huquqiy, siyosiy, moddiy va
ma’naviy shart-sharoitlar yaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo'yish vaqti keldi”. Prezidentimiz tomonidan ta’kidlab o'tilgan bu muhim xulosa mehnatni tashkil etish va boshqarishda tarix sinovlaridan juda ko'p bor o'tgan va samarali hisoblangan oilaviy mehnat jamoalarini nazarda tutadi. Oilaviy fermerlik - an’anaviy mehnat jamoalari ichida eng ko'p tarqalgan xo'jalik yuritish usuli hisoblanadi. SHu ma’noda "Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi"da ko'rsatib o'tilgan oilaviy tadbirkorlikning qonunchilik bazasini yaratish to'g'risidagi taklif juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu yo'nalishda qabul qilinadigan qonunlar oilaviy biznes va tadbirkorlikni huquqiy asoslarini tashkil qilibgina qolmay, balki hozirda bu yo'nalishda mavjud turli ma’muriy-byurokratik to'siqlar, o'rinsiz aralashuvlarga barham berib, oiianing qonun kuchiga va o'ziga bo'lgan ishonchini ortishiga olib keladi.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling