T abdraxmanov
Download 1.27 Mb.
|
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов-2
Ma’ruzaning kirish qismi – auditoriyadagi talaba yoki magistrlarni o‘quv materialining idrok etishga qiziqtirish va yo‘naltirish maqsadiga ega bo‘lgan ma’ruzaning bir qismi. Ma’ruzaning bu qismiga ma’ruza mavzusini bayon etish, uning kasbiy ahamiyati, yangiligi va uning o‘rganilganlik darajasi, ma’ruza maqsadini tavsiflash, ma’ruzada ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan asosiy muammolarni qamrab olgan ma’ruza rejasini bayon etish, avvalgi ma’ruzada ko‘rib chiqilgan savollarni yodga solish, ularning yangi material bilan bog‘liqligi, uning ushbu fandagi ahamiyati, o‘rnini, shuningdek, boshqa fanlar tizimidagi o‘rnini belgilashni qamrab oladi. Shu o‘rinda aytish lozimki, kirish qismida mavzu yuzasidan foydalaniladigan adabiyotlar va veb saytlar tavsiya etilishi lozim.
Asosiy qism – taklif etilgan rejaga qat’iy amal qilgan xolda ma’ruza mazmunini bayon etish. Ma’ruza mavzusini ochib beruvchi konseptual va dalilli materiallarni, ularni tahlili va baholanishini, ilgari surilayotgan nazariy qoidalarni turli usullarda argumentlash va isbotlashni qamrab oladi. Ma’ruzaning turiga qarab ish turi aniqlanadi. Bu jarayonda O‘zbekiston tuproq iqlim sharoitida shakllangan tuproqlarga tegishli bilimlar, mavzuga oid aniq yondashuvlar, shuningdek, qiyosiy solishtirish maqsadida dunyo bo‘yicha ma’lumotlar berlishi lozim. Berilayotgan bilimlar ko‘proq ishlab chiqarish jarayoniga yaqin bo‘lishi hamda misollar aynan ishlab chiqarishdan olinishi lozim. Xulosa – ma’ruzani umumiy xulosalash, materiallarni umumlashtirish, ma’ruza mavzusi bo‘yicha xulosalarini bayon etish, talabalarning savollariga javob berish kerak. Tuproqshunoslik fanlarida ma’ruza o‘qish uchun tuproqlarga tegishli umumiy bilimlarni berish bilan birga respublikada tarqalgan asosiy tuproq tiplari o‘rtasida o‘zaro farqlar, o‘xshashliklar hamda xorijiy mamlakatlarda tarqalgan tuproq tiplari bilan ham qiyosiy taxlil qilish kerak. Shundagina tayyorlanayotgan kadrlar raqobatbardosh bo‘lib tayyorlanadi. Masalan “Tuproqning kimyoviy tarkibi” mavzusida ma’ruza bo‘lsa, dastlab tuproqning kimyoviy tarkibi, turlari, xosil bo‘lishi, nimalarga bog‘liqligi va boshqalarga tegishli ma’lumotlar berilib, respublikada har bir mintaqalarda (poyaslarda) tarqalgan tuproqlardan 2 tadan tuproq tipini olib jadval ko‘rinishida qiyosiy taxlil qilinishi hamda dunyoning Osiyo, Yevropa, AQSh, Afrika, Antraktika, Avstraliya kabi yer yuzining eng katta hududlari bo‘yicha 2 tadan tuproq tipi xaqida qiyosiy ma’lumot berishi kerak. Nima uchun bunday keng ma’ruza o‘tilishi kerak, chunki hozirgi dunyo mamlakatlarida rivojlanish juda yuqori va talab ham shunga monand. Tayyorlanayotgan kadrlarni dunyo talabi va tajribasi darajasida tayyorlash kerak, qaysiki tayyorlangan kadrlar dunyoning istalgan davlatiga o‘qishga, ilmiy tadqiqotlarini olib borishga, malaka oshirishga, tajriba almashishga borishi va aksincha dunyoning istalgan davlatidan tuproqshunos kadri kelishi extimoli katta, shunda mazkur bilimlar qo‘l keladi. Shu o‘rinda aytish joizki, fan bo‘yicha ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini fan dasturlarini tuzish vaqtida chuqur taxlillar asosida tuzish lozim. Chunki O‘zbekiston universitetlaridan xorij universitetlariga, jumladan, Germaniya, Chexiya, Slovakiya, Yaponiya, Niderlandiya, Islandiya kabi davlatlarning universitetlariga o‘qishga borgan talaba va magistrlar jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan. O‘zbekiston universitetlarining tuproqshunoslik yo‘nalishidagi fanlarning o‘tilishi umumiy nazariyaga asoslanadi, xorijda esa matematika, statistik, menejment, boshqaruvga asoslanadi. Bundan tashqari xorijning nufuzli universitetlarida bilim berish ishlab chiqarish jarayonidan oldinga o‘tib olgan, ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga taklif va tavsiyalar beradi, ishlab chiqarishdagilar ularni inobatga oladi, bevosida o‘zining faoliyatida tatbiq etadi. Ma’ruza jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishda turli yondashuvlar bor, jumladan, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining o‘quvchilari, oliy ta’limning bakalavrlari hamda magistrlari uchun va hakozo. Bunda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun tayanch ma’ruza bo‘lib, shu mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlar, nazariyalar, qonuniyatlar xaqida tushuncha yoritilsa, oliy ta’limning bakalavrlari uchun mavzu kengroq, ijodiy yondoshgan xolda, tajribalar, xorijiy bilimlar asosida yoritilishi kerak, magistratura va keyingi ta’lim bosqichlarida ma’ruza ilmiy bo‘lishi kerak. Demak hammaga birdek ma’ruza o‘qish samarasiz hisoblanadi. O‘qitishda qator metodlar bo‘lib, ular orasida quyidagilar keng qo‘llaniladi: Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling