T abdraxmanov
-rasm. Ta’lim–tarbiya jarayonida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash yo‘nalishlari
Download 1.27 Mb.
|
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqshunoslik yo‘nalishida maqsadli kadrlar tayyorlashning mexanizmi
- Ishlab chiqarish Pedagogik
1-rasm. Ta’lim–tarbiya jarayonida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash yo‘nalishlari
Shulardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi o‘rtasidagi ta’lim–tarbiya jarayoni uzviyligini ta’minlashda Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari hamda dasturlarni ishlab chiqishdagi hamkorlikka alohida etibor qaratish lozim. Ko‘p yillik pedagogik tajribalar asosida oliy ta’lim tizimida tayyorlanayotgan kadrlarni bakalavr yo‘nalishlarining 2 kurs davrida maqsadli yo‘nalishga yo‘naltirish yaxshi samara beradi. Hususan, ularning qiziqishlari, doimiy yashash joylaridagi kadrlarga bo‘lgan talab, kelajakdagi strategik rejalariga ko‘ra uch yo‘nalish asosida o‘qitilsa, ta’lim-tarbiya berilsa yuqori natijalarga erishish mumkin. Quyida uch yo‘nalishning tavsifi keltiriladi (2-jadval). 2-jadval Tuproqshunoslik yo‘nalishida maqsadli kadrlar tayyorlashning mexanizmi
Yuqorida keltirilgan mexanizm ta’lim tizimining oliy ta’lim bosqichiga tegishli bo‘lib, bakalavr ta’lim yo‘nalishlarining 3-semestridan boshlab qo‘llash mumkin. Bu mexanizm albatta respublika oliy ta’lim muassasalaridagi barcha ta’lim yo‘nalishlariga mos tushmaydi, boshqa soha yo‘nalishlariga o‘zlarining xususiyatlaridan boshqa mexanizm yaratish tavsiya etiladi. Ushbu mexanizm Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining tabiiy yo‘nalishlarida tatbiq etilgan va yuqori natijalar olingan. Shu o‘rinda xorijiy davlatlar tajribasi asosida aytish mumkinki, fundamental fanlarni o‘qitishni faqat oliy ta’limda emas, balki maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim tizimidan boshlash kerak. Faqatgina o‘sha bosqichlar uchun mos darajada o‘quv dasturlarini ishlab chiqish lozim. Masalan qishloq xo‘jalik fanlarini maktabdan boshlab uzviy o‘qitilsa nafaqat oliy ta’limda sifat ko‘rsatkichlar yaxshi bo‘ladi, balki ilmiy pedagogik kadrlar (PhD, DSc) tayyorlashda ham o‘zining korrelyatsion samarasini beradi. Hatto umid qilish mumkinki, dunyo miqiyosida katta yutuqlarga, jumladan, Nobel mukofotiga ham sazovor bo‘lishlari mumkin. Ta’lim va tarbiya jarayonini uzviy olib borishda professor-o‘qituvchiga quyidagi talablarni qo‘yish mumkin: ta’lim usullari - talabalarning mustaqil qarashlari, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak; o‘qitish usulining ilmiy asosi real va aniq bo‘lishi zarur; o‘qitish jarayoni tizimli va samarador bo‘lishi kerak; o‘qitish usuli qabul qilinishi va qo‘llanishi o‘zaro muvofiq bo‘lishi lozim; professor-o‘qituvchilar talabalarning faolligini ta’minlash kerak; taqdim etilayotgan ma’lumotlar to‘g‘ri va asosli bo‘lishi lozim; nazariy va amaliy bilimlar o‘zaro muvofiq bo‘lishi lozim. Shuni ta’kidlash kerakki, ta’lim usullarini yagona ta’rifi yo‘q. Ular professor-o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy vazifalarini hal qilishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat usullarining tartibga solinishidir. O‘qitish metodlarining juda ko‘p turlari mavjud va ularning sonini aniq belgilab bo‘lmaydi. Metodlar o‘qitishning mantiqiy tomonlariga, komponentlari va vazifalariga asoslanib tasniflanadi. Bundan ko‘rinadiki, tuproqshunoslik yo‘nalishida ham kadrlar tayyorlashda yoshlarni vatanparvar, jonkuyar, zamonaviy fikrlaydigan, innovatsion yutuqlarni qo‘llay oladigan darajada tayyorlansa mamlakatmiz qishloq-xo‘jaligida sezilarli yutuqlarga erishiladi. Chunki respublikamiz yer resurslari, jumladan, sug‘oriladigan yerlar chegaralangan bo‘lib, ulardan faqatgina oqilona foydalanish, jaxon tajribalari asosida yondashishgina tuproqlardan yuqori va sifatli hosil olish imkoniyatini beradi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling