T asdiq L a n g a n


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana21.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1217078
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
business-plan-2021-oz

 
5.1. 
Sanoat ishlab chiqarishning barqaror oʻsishini taʼminlash. 
2021-yilda 
126,9 foiz oʻsish surʼati bilan tovar mahsuloti ishlab chiqarish 
prognoz qilinmoqda. 
Tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning oʻsishi quyidagilar evaziga koʻzda 
tutilmoqda: 
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida PVX, kaustik soda va metanol ishlab 
chiqarish quvvatlaridan foydalanishni oshirish; 
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida yangi nitrat kislota ishlab chiqarishni 
ishga tushirishni hisobga olgan holda, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 
va ammiakli selitra ishlab chiqarish hajmini oshirish; 
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarish 
quvvatlarini ishga tushirish; 
"Ammofos-Maksam" AJda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 
oshirish. 
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda ishlab chiqarish quvvatlaridan 
foydalanish va rezina buyumlar ishlab chiqarishni oshirish. 
 
Mineral oʻgʻitlar balansining prognoz koʻrsatkichlari. 
Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish 1454,8 ming tonna (oʻsish surʼati 123,2 
foiz), shu jumladan, azotli oʻgʻitlar 1105,4 ming tonna (128,7 foiz), fosforli oʻgʻitlar 
133,4 ming tonna (119
,5 foiz) va kaliy oʻgʻitlari 216,0 ming tonna (102,9 foiz) 
ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 
Respublika isteʼmolchilariga jami 1038,01 ming tonna, shu jumladan, azotli 
oʻgʻitlar 851,06 ming tonna, fosforli oʻgʻitlar 126,95 ming tonna va kaliyli oʻgʻitlar 
60,0 ming tonna miqdorida mineral oʻgʻitlar sotish koʻzda tutilgan . 
Mineral oʻgʻitlar eksporti hajmi 463,41 ming tonna, jumladan, azotli oʻgʻitlar 
268,9 ming tonna, fosforli oʻgʻitlar 14,51 ming tonna va kaliyli oʻgʻitlar 180,0 ming 
tonnaga yetkazilishi prognoz qilinmoqda. 
Mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balansining 
prognoz parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 
29-martdagi 162-son qarori bilan tasdiqlangan. 


20 
Umuman olganda, 
“Oʻzkimyosanoat” AJ biznes-rejasi prognozi tarmoq 
korxonalarining sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish prognoz parametrlari 
asosida ishlab chiqilgan. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling