T asdiq L a n g a n


Tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana21.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1217078
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
business-plan-2021-oz

 
5.4. Tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish 
boʻyicha chora-tadbirlarini amalga oshirish. 
2021-yilda korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish ishlari davom 
ettiriladi, jumladan: 

ichki va tashqi bozorda talab yuqori boʻlgan yuqori likvidli mahsulotlar 
ishlab chiqarishni yangidan joriy etish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini 
bosqichma-bosqich rivojlantirish; 
- mahsulot tannarxini pasaytirish b
oʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini 
amalga oshirish; 

asosiy boʻlmagan aktivlar va foydalanilmayotgan obyektlarni (shu 
jumladan, ustaxonalar, obyektlar va ularga tutash hududlar) sotish. 
 
5.5. Yangi ish oʻrinlarini yaratish. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “2021-
2023-
yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi investisiya dasturini yangi 
ishlab chiqarishlarni joriy etish orqali amalga oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi 


22 
PQ-4937-son qaroriga muvofiq 125 ta yangi 
ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan, 
jumladan: 
«Navoiyazot» AJda metanol asosidagi karbamid-formaldegid konsentrati 
(KFK-85) ishlab chiqarishni tashkil etish orqali – 
45 ta ish oʻrni; 
«SENTRAL AZIA KEMIKAL» MCHJda natriy lauret sulfat (LSN), chiziqli 
alkilbenzol sulfon kislotasi (LABSK) va kir yuvish kukunlari ishlab chiqarishni 
tashkil etish orqali – 
70 ta ish oʻrni; 
“Maksam-Chirchiq” AJ negizida vanadiy katalizatorini tajriba-sinov ishlab 
chiqarishni tashkil etish orqali – 
10 ta ish oʻrni. 
 
 
 
 
 
 
6. 2021-
yil moliyaviy koʻrsatkichlar prognozi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kimyo sanoatining 
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida" 2001-yil 13-
martdagi 124-
sonli qaroriga muvofiq "Oʻzkimyosanoat" AJ boshqaruv apparati 
xarajatlari Jamiyat daromadlari hisobiga amalga oshiriladi (asosan, sanoat 
tashkilotlarining ustav fondlaridagi "
Oʻzkimyosanoat" AJ ulushi boʻyicha 
dividendlar hisobiga). 
Jamiyat Ustaviga koʻra, boshqaruv apparati moliya-xoʻjalik faoliyati bilan 
shugʻullanmaydi. 
Boshqaruv apparatining 2021-
yil yakuni boʻyicha moliyaviy natijasi 2020-yil 
yakuni boʻyicha dividendlar va boshqa ajratmalar koʻrinishidagi korxonalardan 
tushumlar hamda 2021-yilda boshqaruv apparatini saqlash xarajatlari hisobidan 
shakllantiriladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini 
yanada isloh qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, yuqori qoʻshimcha qiymatga 
ega kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” 
2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-
son qarori bilan strategik yoʻnalishlar kimyo 
sanoati tuzilmasini transformatsiya qilish uchun belgilandi. 
Kimyo sanoatini transformatsiya qilish 
boʻyicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish doirasida 2035-yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik 
rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, shuningdek, kimyo sanoatining innovatsion 
ilmiy-
tadqiqot, ishlab chiqarish va kimyo sanoati uchun taʼlim tizimi klasterini 
yaratish koʻzda tutilmoqda. 
Bundan tashqari, 2021-
yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
"R
aqamli Oʻzbekiston - 2030 "strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga 
oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida" 2020-yil 5-oktyabrdagi Farmoniga muvofiq 


23 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
keng joriy etish ishlari davom ettiriladi. 
Yuqoridagi chora-
tadbirlarni amalga oshirish uchun "Oʻzkimyosanoat" 
AJ
ning oʻz mablagʻlarini xarajatlar smetasiga kiritgan holda yoʻnaltirish 
rejalashtirilmoqda. 
Aksiyadorlik jamiyatlarining 2021-yilgi moliyaviy-
xoʻjalik faoliyati natijalari 
boʻyicha dividendlar koʻrinishidagi Jamiyatning kutilayotgan daromadlarini 
hisoblash Ryespublika Hukumati tomonidan qabul qilingan soliq siyosatini 
hisobga olgan holda amalga oshirildi. 



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling