T asdiq L a n g a n


Tarmoqning eksport salohiyatini oshirish


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana21.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1217078
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
business-plan-2021-oz

 
5.3. Tarmoqning eksport salohiyatini oshirish. 
Soha 
korxonalarining eksport salohiyatini oshirish maqsadida 
“Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning eksport-import 
operatsiyalari boʻyicha yagona agenti – tashqi savdo kompaniyasi tashkil etildi. 
Tashkilotning afzalliklari quyidagilardan iborat: 


21 
- mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, korxonalarning ishlab chiqarish 
ehtiyojlari uchun xomashyo va materiallarni import qilishning yagona tashqi 
savdo marketing strategiyasi yaratilganligi; 
- mahsulotlarni tashqi bozorga yagona brend ostida eksport qilishda 
ishtirok etish, shuningdek, brendni adolatsiz raqobatdan himoya qilinganligi; 
- korxonalarning ishlab chiqarish ehtiyojlarini xomashyo bilan uzluksiz 
taʼminlash uchun xomashyo bazasining mavjudligi; 
- uzoq muddatli hamkorlikka asoslangan ishonchl
i tarqatish tarmogʻi tashkil 
etilganligidir. 
2021-yilda mahsulot eksporti prognoz parametrlarini bajarish maqsadida 
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ tomonidan tegishli shartnoma va kelishuvlar imzolandi. 
2021-
yilda “Oʻzkimyosanoat” AK korxonalari “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ bilan 
birgalikda marketing tadqiqotlarini kuchaytirish orqali yangi savdo bozorlarini 
rivojlantirish boʻyicha ishlarni davom ettirmoqda. 
Mahsulotlarni eksportga chiqarish, jumladan, “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ va 
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarining respublika va xorijda 
oʻtkaziladigan koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha 
ishlar olib boriladi. 
Hukumatlararo komissiyalar kun tartibiga “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalari 
tomonidan kimyo mahsulotlari eksportini (Turkmaniston, Xitoy, Turkiya, 
Qozogʻiston va boshqalar) tashkil etish boʻyicha takliflar kiritiladi
Logistika (avtomobil va konteyner tashish) va transport yoʻlaklaridan 
samarali foydalanishni (oʻgʻitlarni Bandar Abbos porti orqali Janubiy va Janubi-
Sharqiy Osiyo 
mamlakatlariga joʻnatish) optimallashtirish boʻyicha ishlar davom 
ettiriladi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling