T. I. Umarov s. I. Xudoyberdiyev iqtisodiy matematik usullar va
mavzu. Cheklangan resurslarni samarali taqsimlash masalasini yechishda ikkilanganlik nazariyasi
Download 1.63 Mb.
|
S. I. Xudoyberdiyev iqtisodiy matematik usullar va-fayllar.org
mavzu. Cheklangan resurslarni samarali taqsimlash masalasini yechishda ikkilanganlik nazariyasi.
Reja:
Ikkilanma masalalar.
To’g’ri va ikkilanma masalalar va ular yechimlarining iqtisodiy talqini. Ikkilanma simpleks usul. Chiziqli dasturlashning har bir masalasi ikkilanma (qo’shma) deb ataluvchi boshqa chiziqli masala bilan uzviy bog’langan. Bunda birinchi masalaga boshlang’ich yoki to’g’ri deyiladi. Bu masalalar birgalikda o’zaro ikkilanma masalalar juftini tashkil etib ulardan istalganini boshlang’ich deb qarash mumkin. Bulardan birining yechimini topish bilan ikkinchisining ham yechimini olish mumkin. Ikkilanma masala - CHDning ko’makchi (yordamchi) masalasi bo’lib boshlang’ich masala shartlaridan aniq qoidalar yordamida bevosita olinadi. Ikkilanma masalani tuzish qoidalarini ifodalaymiz: boshlang’ich masalada maqsadli funksiya maksimumi topilayotgan bo’lsa, ikkilanma masalada maqsadli funksiya minimumi topiladi; boshlang’ich masala cheklash shartlari soni m ikkilanma masala o’zgaruvchilari soniga, boshlang’ich masala n o’zgaruvchilari soni esa ikkilanma masala cheklash shartlari soniga teng; Odatda ikkilanma masala o’zgaruvchilarini yi (i = 1,2,...,m) bilan belgilanadi; boshlang’ich masala o’zgaruvchilari, unga ikkilanma masalaning cheklash shartlari bilan bog’langanligi uchun har bir xj > 0 o’zgaruvchiga unga ikkilanma masalada “<” (z ^ max bo’lsa) yoki “>” (z ^ min bo’lsa) cheklash shartlari mos keladi; biror belgi bilan cheklanmagan boshlang’ich masaladagi har bir xj o’zgaruvchiga, unga ikkilanma masalada “=” ko’rinishdagi shart mos keladi va aksincha; boshlang’ich masalaning cheklash shartlaridagi bi (i = 1,2,...,m) ozod hadlari, unga ikkilanma masalada yt (i = 1,2,..., m) o’zgaruvchilarning maqsadli funksiyadgi koeffitsiyentlaridan, xj larning boshlang’ich masala maqsadli funksiyasidagi koeffitsiyentlari c} (j = 1,2,..., n) lar esa ikkilanma masala cheklash shartlari ozod hadlaridan iborat bo’ladi; boshlang’ich masala cheklash shartlari noma’lumlarining koeffitsiyentlari matritsasi A = (ay.) unga ikkilanma masala cheklash shartlari noma’lumlari matritsasida AT - transponirlangan bo’ladi. Boshlang’ich va unga ikkilanma masalalarning bog’likligi ko’rinarli bo’lishi uchun uni quyidagi jadvalda yozamiz:
CHD ning xususiy masalalaridan birini umumiy holda qaraymiz va u boshlang’ich masala bo’lsin. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling