T. M. Karaliyev, O. B. Sattarov, I. F. Sayfiddinov bank faoliyati
Bankning o‘z mablag‘lari (kapitali) tahlili
Download 293.7 Kb.
|
Bank faoliyati tahlili (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank ustav kapitalining minimal miqdoriga qo‘yilgan talablar
- «B» Bankining kapitali tarkibi va dinamikasi1
3.2. Bankning o‘z mablag‘lari (kapitali) tahlili
Banklarining o‘z mablag‘lari bank balansining uchinchi bo‘limida aks ettiriladi. Odatda ularni bank kapitali deb ham atashadi. Bank kapitali tarkibi quyidagilardan iboratdir: Ustav kapitali; Qo‘shilgan kapital; Zaxira kapitali; Joriy yilning sof foydasi; Taqsimlanmagan foyda; 41
Yuqoridagilarning har biri uning manbalari hisobga olingan holda bir ne-cha elementlardan tashkil topadi 3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Bankla-rida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlari rejasining uchinchi bo‘limga qarang). Bankning ustav kapitali asosan uning oddiy va imtiyozli aksiyalarini so-tishdan kelib tushgan mablag‘lardan tashkil topadi. Qo‘shilgan kapital bank aksiyalarining real va nominal qiymatlari o‘rtasidagi farqlardan tashkil to-padi. Zaxira kapitali bank daromadi hisobidan turli riskli aktivlarni qoplash uchun tashkil etilgan jamg‘armalar, kichik korxonalarni imtiyozli kreditlash jamg‘armasi, asosiy vositalar bahosi, boshlang‘ich qiymatidan o‘sgan qismi kabilardan tashkil topadi. Taqsimlanmagan foyda o‘tgan yilgi olingan foydaning taqsimlanmagan qismi yoki ko‘rilgan zararlar hamda joriy yilning foyda yoki zarari hisobidan tashkil topadi. Bank tizimining barqarorligini ta’minlash, bank kreditlari va omonatchi-lari manfaatlarini himoyalash, banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatla-rini mustahkamlash nuqtayi nazaridan, dastavval bank faoliyatini boshlash uchun Markaziy bank tomonidan bank kapitalining minimal miqdoriga ta-lablar o‘rnatilgan. 3.1-jadval Bank ustav kapitalining minimal miqdoriga qo‘yilgan talablar
42
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda Banklari va chet el kapitali ishtirokida tashkil etiladigan banklar ish bosh-lashlari uchun 10,0 mln. yevro ekvivalentidagi so‘m mablag‘lariga xususiy banklar esa 5,0 mln. yevro ekvivalentidagi so‘m o‘z mablag‘lariga ega bo‘lmog‘i lozim. Banklari kapitali ularning o‘ziga «himoya yostiqchasi» vazifasini ba-jarilish bilan birga, bugungi kunda ular tomonidan uzoq muddatli investitsi-yalar amalga oshirish va uzoq muddatli kreditlar ajratishning manbai bo‘lib qoladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida Respublikamiz Banklar-ning kapitali miqdorini oshirib borishga katta e’tibor qaratilmoqda. Birgina 2009-yil davomida Hukumat dasturi doirasida 6 ta yirik banklarning ustav kapitaliga jami 460,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar yo‘naltirildi. Shu jumladan; 1.O‘zsanoatqurilishbankka – 64,5 mlrd so‘m; 2.Mikrokreditbankka – 72,0 mlrd so‘m; 3.Xalq bankiga – 50,0 mlrd so‘m; 4.Agrobankka – 50,0 mlrd so‘m; 5.Asaka bankka – 147,1 mlrd so‘m; 6.Qishloq qurilish bankka – 76,0 mlrd.so‘m. Banklar kapitali tahlilida asosiy e’tibor kapitalning tarkibi va dinamikasi, uning barqarorligi, yetarliligi va samaradorligi masalalariga qaratilmog‘i zarur.
1 «B» banki shartli ravishda olingan ( hisob-raqamlar aks ettirilgan). 43
Download 293.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling