T. M. Karaliyev, O. B. Sattarov, I. F. Sayfiddinov bank faoliyati


I darajali kapital quyidagilardan iborat


Download 293.7 Kb.
bet19/58
Sana23.12.2022
Hajmi293.7 Kb.
#1046282
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Bog'liq
Bank faoliyati tahlili (2)

I darajali kapital quyidagilardan iborat:



  1. to‘liq to‘langan va muomalaga chiqarilgan oddiy aksiyalar,




  1. nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar:

– muayyan sotib olish sanasi va shartlariga ega emas;


– egasining xohishiga ko‘ra sotib olinishi mumkin emas;


– bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar to‘lanmasligi mumkin;


– ular bo‘yicha o‘tgan davrdagi olinmagan (nokumulyativ) dividendlar to‘lanmaydi;


c) qo‘shimcha kapital (kapitalning ortiqcha qismi) — oddiy va imtiyozli aksiyalar bozor narxining ularning nominal qiymatidan oshib ketishi;


d) taqsimlanmagan foyda:


– kapital zaxiralar;


– avvalgi yillar taqsimlanmagan foydasi;


– joriy yil zararlari.





  1. ozchilik aksiya egalarining birlashgan korxonalar aksiyadorlik hisob-varaqlaridagi ulushi. Bu ulush sho‘ba korxonalari hisobvaraqlari bank moli-yaviy hisobotlarida umumlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi.




  1. bankning ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng bo‘lgan valyuta ak-tivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya zaxirasi.



II darajali kapital tarkibi esa quyidagilardan iborat:



  1. joriy yildagi sof foyda;




  1. riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy zaxira;




  1. hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miq-dorda aralash turdagi majburiyatlar I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar agarda ular quyidagi shartlarga javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi mumkin:

– to‘liq to‘langan bo‘lishi kerak;


– garov bilan ta’minlanmagan;



39


– bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari talablari qondi-rilganidan so‘ng qondirilishi;

– aksiya egasining tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank ruxsatisiz to‘lanishi mumkin emas;


– bankning har qanday zararlarini qoplashi va bankni to‘lovga qobiliyat-siz deb e’lon qilish huquqini bermasligi;
– agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa, emitent xo-hishiga ko‘ra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlarni to‘lash muddati kechiktirilishi mumkinligi;

a) Subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to‘lash muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:


– garov ta’minotiga ega bo‘lmaslik;


– bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitor-lar talablari qondirilganidan so‘ng amalga oshirilishi;


– boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan ortiq bo‘lishi lozim.

Bank kapitalining bosh maqsadi – riskni kamaytirish, «himoya devori» sifatida zararlarni qoplab, bank to‘lovga qobilligini saqlash imkonini berish-dir. Shu bilan birga kapital bankni likvidlik muommasidan himoya qiladi va moliyaviy resurslar bozoriga kirish imkonini ta’minlaydi.


Zero, yirik kapital bankka barqaror obro‘, omonatchilar ishonchini beradi. Bank kapitali mijozlarning bankka ishonchini mustahkamlaydi va kreditor-larni uning moliyaviy kuchiga ishontiradi. Bank kapitali bankning har qanday holatda mijozlarning kreditga bo‘lgan talabini qondira olishiga ishontirish uchun yetarlicha katta bo‘lishi kerak.


Tijorat banklari kapital miqdori (Markaziy bank talabidan oshgan qismi)


ularning o‘zi tomonidan mustaqil belgilansada, u ko‘p omillarga bog‘liq:


Birinchidan, bank uchun zarur bo‘lgan kapital miqdori uning mijozlari xususiyatlariga bog‘liq. Ya’ni mijozlar ichida yirik kreditga muhtoj korxona-lar ko‘p bo‘lishi bank kapitali miqdorining ko‘p bo‘lishini talab qiladi.


Ikkinchidan, tijorat banki kapitali miqdori uning aktiv operatsiyalariga bog‘liq. Bank operatsiyalari ko‘proq yuqori tavakkalchilik operatsiyalariga bog‘liq bo‘lsa, u holda bankning kapitali ham ko‘p bo‘lishi kerak.


Uchinchidan, bank kapitali miqdori Markaziy bank yuritayotgan pul-kredit siyosati va kredit resurslari bozori rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi.



40


Bank kapitali bankning uzoq vaqt samarali va barqaror faoliyat ko‘r-satishining asosiy omili hisoblanadi. Chunki:
Birinchidan, bank kapitali «Qora kun» uchun asosiy resurs hisoblanadi, bank joriy yo‘qotishlarni kapital hisobidan qoplash yo‘li bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilish, bankni bankrotlikdan saqlab qolishi mumkin.

Ikkinchidan, bank kapital bank o‘z faoliyatini keng qamrovli olib borib mablag‘larni jalb qilish, resurs bazasini tashkil qilguncha uning faoliyatini asosiy manbasi hisoblanadi.


Uchinchidan, bank kapitali bank faoliyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, bankning obro‘sini oshirib, mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchini mustah-kamlaydi.


To‘rtinchidan, kapital bankning tashkiliy jihatdan o‘sishiga, yangi xiz-matlar ko‘rsatishga imkon beruvchi manba shaklida namoyon bo‘ladi.


Bank kapitali bankning uzoq muddatdagi kelajagini, hayotiyligini va o‘sishini bir maromga keltirib turuvchi regulyator hisoblanadi.


Xulosa qilib aytganda, bank kapitali – bu bank tijorat faoliyatining asosi bo‘lib, uning mustaqilligini ta’minlaydi va moliyaviy barqarorligini kafolat-laydi hamda bank risklarining salbiy oqibatlarini yengillashtiradi.


Bank kapitali bank balansining passivida joylashgan bo‘lib, bank bankrot holatiga tushganda da’volarni qoplashning muhim qoplash (zaxira) fondi hamda bank operatsiyalarini rivojlanishi uchun moliyalashtirish manbasi bo‘lib hisoblanadi.


Bank barqarorligini ta’minlash, xavf-xatarli qo‘yilmalarni sug‘urtalash hamda aktiv va passiv operatsiyalar orasidagi chegaralarni aniqlashda bank kapitali muhim asos hisoblanadi.


Bank kapitali likvidlikning kafolatlangan manbasi bo‘lib, u maksimal jalb qilish mumkin bo‘lgan resurslarni aniqlaydi va kredit operatsiyalarini bajarishda maksimum qo‘yish mumkin bo‘lgan xatarni belgilaydi.



Download 293.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling