T. M. Karaliyev, O. B. Sattarov, I. F. Sayfiddinov bank faoliyati
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar operatsiyalar holati va tarkibining tahlili
Download 293.7 Kb.
|
Bank faoliyati tahlili (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat banklarining qimmatbaho qog‘ozlarga sarflagan mablag‘lari
- Qimmatbaho qag‘oz operatsiya 2011- yil
- «Savdogarbank»
- «Kapitalbank»
- 7-BOB. TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI VA XARAJATLARI TAHLILI 7.1. Bank daromadlari tarkibi va dinamikasi tahlili.
6.2. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar operatsiyalar holati va tarkibining tahlili
Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar holatini tahlil qilganda, ularni tahlil qilinayotgan davr boshiga va oxiriga qanchalik o‘zgarganligini aniqlash lozim. Tahlilda ularning mutloq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlab, qancha-lik va nima sababdan o‘zgarish bo‘lganligini bilish lozim bo‘ladi. Tijorat banklari hisobotlarini ko‘rib chiqqanda, ko‘pgina tijorat banklarining qim-matbaho qog‘ozlarga sarflagan mablag‘lari yildan-yilga ko‘payib, borayot-ganligi aniqlandi. 78
6.1-jadval Tijorat banklarining qimmatbaho qog‘ozlarga sarflagan mablag‘lari
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha turlicha faoliyat yuritgan. «Aloqabank» qimmatbaho qog‘ozlar oldi-sotdi operatsiyalarida (savdoda) 2010-yilda 36,7 mln. so‘mlik savdo qilgan bo‘lsa, 2011-yilda qimmatbaho qog‘ozlar operatsiyalari sav-dosini 9,2 baravar ko‘paytirib, 339,6 mln. so‘mga yetkazgan. «Savdogar-bank» qimmatbaho qog‘ozlar nosavdo operatsiyalar bo‘yicha 2011-yil ho-latiga 2010-yilga nisbatan 3,6% kamaytirgan. Ayniqsa, «Kapitalbank» banki-ning qimmatbaho qog‘ozlarga sarflangan mablag‘lari 2011-yilda 2010-yilga nisbatan 107,1 mln. so‘mga kamaygan. Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar portfeli oldi-sotdi operatsiyalarda qatnashish uchun olingan qimmatbaho qog‘ozlar, qayta sotish uchun olingan qimmatbaho qog‘ozlar va investitsiyalangan qimmatbaho qog‘ozlar bo‘lishi mumkin. Masalan «Ipak yo‘li» bankining 2009-yilga qimmatbaho qog‘ozlar port-feli tarkibi quyidagicha bo‘lgan:
79 Ko‘rinib turibdiki, bankning qimmatbaho qog‘ozlar bilan amalga oshiril-gan operatsiyalarining 57 foizi oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarni tashkil etgan. Qimmatli qog‘ozlar bilan qilingan operatsiyalar tahlilida, ushbu operatsi-yaning daromadliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda asosiy e’tibor boshqa emitentlardan sotib oltngan qimmatli qog‘ozlar uchun olingan devi-dent yoki foiz to‘lovlari dinamikasi, har bir qimmatli qog‘ozdan olingan daro-madlar, qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish jarayonida olingan vosi-tachilik daromadlar ko‘lami tahliliga e’tibor qaratilmog‘i lozim. Mijozlarning topshirig‘iga asosan qimmatli qog‘ozlarni saqlash, ularni hisobini yuritish va boshqarish naatijasida olinadigan daromadlar hamda amalga oshirilgan ope-ratsiyalar ko‘lami tahlili ham bankning investitsion siyosatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bankning o‘z aksiyalarini muomalaga chiqarilishi va ularning sotilishi, uning kapitallashuv darajasini bildiradi va bularning o‘sish dinamikasi bank to‘lov qobiliyati, likvidliligi hamda mijozlar ishonchining oshishiga olib keladi. 80
7-BOB. TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI VA XARAJATLARI TAHLILI 7.1. Bank daromadlari tarkibi va dinamikasi tahlili. 7.2. Bank xarajatlari tahlili. 7.1. Bank daromadlari tarkibi va dinamikasi tahlili Oxirgi yillarda rivojlangan davlatlarda katta ahamiyatga ega bo‘lib bo-rayotgan nokredit xarakterdagi mijozlarga bank xizmatini ko‘rsatish daromad manbasining muhimligi bo‘yicha ikkinchi hisoblanadi. Odatda bu daromad-larni komission daromad deyiladi. Xizmatlarga to‘lov, komission mukofot ko‘rinishida olinadi. Komission mukofot hamma qilinadigan operatsiya yoki shartnoma summasidan foiz ko‘rinishida o‘rnatiladi. Bank xizmatlari juda ham xilma xildir va doimo har xil yangiliklar bilan to‘ldirib boriladi. Bankka komission daromad keltiruvchi asosiy xizmatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob kassa xizmatlari, plastik kartochkalar bilan operatsiyalar, bank kafolatlarini berish, mijozlarning valyuta shartnomalaridagi bank xizmatlari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi brokerlik xizmatlar va boshqalar. Ko‘pgina chet davlatlarida ko‘pchilik banklar hisob-kitob, kassa va boshqa xizmatlarini mijozlarga tekinga ko‘rsatishardi. Foiz marjasining pasayishi natijasida, ya’ni, resurslarni jalb qilish va joylashtirishning o‘rtacha qiymatlari orasidagi farq tufayli banklar bunday amaliyotdan voz kechish-lariga to‘g‘ri keldi. Hozirgi paytda banklar umumiy daromadlari hajmida komission daromadlarning o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu faqatgina foiz marjasi darajasining qisqargani va moliya bozoridagi daromadlaridan tashqari, komission daromadlarining foizli daromadlarga nisbatan barqaror-ligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari bank chet el valyutasidagi vositalarni qayta baholash orqali ham daromad olishi mumkin. Agar chet el valyutasi kursining oshishi, shu valyutadagi nominallashtirilgan bank aktivlari oshiradi va aksincha, chet el valyutasi kursining pasayishi, shu valyutada nominallashgan aktivlarning tushishiga olib keladi. Valyuta kursining katta tebranishi va bankning valyuta bozoridagi yuqori aktivligi sharoitida, bu daromadlar bankning operatsion daromadlari tarkibida muhim hissaga ega bo‘lishi mumkin. 6 – Bank faoliyati tahlili 81 Qo‘shimcha faoliyatdan daromadlar bank daromadlari tarkibida uncha-lik katta ulushga ega emas. Ular o‘z ichiga nobank xarakterdagi xizmatlar ko‘rsatishdan, korxona va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishdan, ijaraga berish va binoni realizatsiya qilishdan va boshqalardan daromadlar oladi. Bank yordamchi bo‘limlarning tijorat faoliyatidan qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, agar bank shaxsiy reklama xizmatiga ega bo‘lsa, o‘z mijozlariga reklama xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, boshqa xizmatlar ham faqatgina bank faoliyatini ta’minlashga emas, balki mijozlarga pullik xizmat ko‘rsatishlari ham mumkin. Bular yuridik, xabarlar, telekom-munikatsiya, marketing, auditor, transport va boshqa xizmatlar bo‘lishi mum-kin. Bank asosiy va qo‘shimcha faoliyat daromadlaridan tashqari, boshqa daromadlar kategoriyasiga kiruvchi boshqa daromadlar ham oshishi mum-kin. Ular: – jarima, penyalar, mijozlardan olinadigan jarimalar, – ortiqcha tushumlarning kassaga tushushi; – zaxira summasini qayta tiklash; – hisobot yilida tushgan yoki aniqlangan o‘tgan yilgi daromadlar; – daromadga soliq ortiqcha to‘laganligi uchun budjetdan mablag‘ qayta-rish va boshqalar. Bu daromadlar mohiyatan tasodifiy yoki bankning hisobot davrida «Ish-lab topilmagan» daromadlari hisoblanadi. Ular odatda kelasi davrga daromad rejasi tuzilganda hisobga olinmaydi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan daromad turlarini jadval ko‘rinishida quyidagi-cha ifodalash mumkin: 7.1-jadval Download 293.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling