T. M. Karaliyev, O. B. Sattarov, I. F. Sayfiddinov bank faoliyati
Download 293.7 Kb.
|
Bank faoliyati tahlili (2)
ikkinchidan, bank oborotiga chetdan jalb etilgan va bankning o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishi. Ushbu maqsadga erishish uchun al-batta, doimiy ravishda chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘lari dinamikasi va barqarorligi nuqtayi nazaridan tahlil etilishi talab etiladi. Shu bilan birga, ushbu mablag‘lar qaysi maqsadlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilganligi va natijada ulardan qay darajada samara olinishi kuzatib boriladi. Chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanish uchun bankning yangi xizmatlarini joriy etish va uning bozor sharoitida raqobatbardoshligini oshirib borish yo‘llarini izlash talab etiladi. Bank faoliyati tahlili natijasida chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘larini samarali foydalanish yo‘llari aniqlanadi va u faoliyatga tadbiq etiladi.
uchinchidan, bank resurs bazasining barqarorligini ta’minlash va ularni oqilona boshqarish. Bank oborotiga jalb etiladigan resurslar tahlili natijasida uning barqarorligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday bank oborotga jalb etilgan mablag‘larning kam xarajat talab etilishi va ushbu resurslarning bank oborotida imkon darajasida uzoq muddat xizmat qilishini istaydi. Barqaror resurslar, albatta barqaror daromad manbai hisoblanadi. Bundan tashqari bank oborotiga jalb etilgan resurslarni oqilona boshqarish ham bankning samarali va xavfsiz faoliyatini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Bank faoliyati tahlili asosida resurslar va bank aktivlari o‘rtasida mutanosiblikka erishiladi. Bank resurslari muddat va hajm jihatidan aktiv operasiyalarga yo‘naltirilishi muvofiqlashtiri-ladi. Natijada bank resurslaridan samarali foydalanishning optimal variantlari ishlab chiqiladi. to‘rtinchidan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativ-larning bajarilishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi Qonunning 50-moddasiga muvofiq Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoyalashni ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliya-tini tartibga soladi hamda nazorat qiladi. Ushbu qonunning 52-moddasiga muvofiq Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan; •kapitalning monandlik koeffitsiyentini; •bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavak-kalchilikning eng ko‘p miqdorini; 7 •yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdori; •likvidlilik koeffitsiyentlari; •aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek, bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan che-girmalardan shubhali va umidsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxira-larni shakllantirishni; •qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni; •ochiq valyuta mavqei limitlarini belgilaydi. Ushbu normativlarning doimiy ravishda bajarilishini ta’minlash uchun bank faoliyati uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi talab etiladi. Albatta normativlar bank tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratil-gan. Normativlar bajarilishining ta’minlanmasligi bank faoliyatini xavflilik darajasini oshiradi. Bank boshqaruvi normativlarga rioya etilishi yuzasidan tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va uni ta’minlash uchun chora-tadbirlar belgilash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak; Download 293.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling