T. M. Karaliyev, O. B. Sattarov, I. F. Sayfiddinov bank faoliyati


Bank faoliyati tahlilining maqsad va vazifalari


Download 293.7 Kb.
bet4/58
Sana23.12.2022
Hajmi293.7 Kb.
#1046282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Bank faoliyati tahlili (2)

1.2.Bank faoliyati tahlilining maqsad va vazifalari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat yurituvchi korxona faoli-yati tahlilidan asosiy maqsad faoliyat samaradorligini oshirishdan iboratdir.


Bank faoliyati tahlilini amalga oshirishning bosh maqsadi, bank faoliyati samaradorligini oshirishga erishishdan iboratdir.


Bank faoliyati natijasida olinadigan sof foydaning miqdori oshishini ta’minlash, omonatchilar va kreditorlarning ishonchini qozonish va bank aksionerlariga to‘lanadigan dividentlar miqdorini oshirib borish uchun bank faoliyati domiy va uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi lozim.


Bosh maqsadga erishish uchun bank faoliyatining barcha jihatlari uzluk-siz ravishda tahlil etilishi, uning natijalari to‘g‘ri va aniq talqin qilingan holda Bank Boshqaruviga xulosa chiqarish va qaror qabul qilish uchun muntazam ravishda taqdim etib borilmog‘i lozim. Bank strategiyasini belgilash, Bank Boshqaruvi, Kuzatuv kengashi va Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qaror-lari ham bank faoliyati tahliliga asoslanadi va ushbu qabul qilingan qarorlar samaradorligini belgilab beradi.


Bank faoliyati tahlilining bosh maqsadiga erishish uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi:




Birinchidan, bank kreditorlari va omonatchilarining manfaatlarini hi-moyalash. Ma’lumki, Banklar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ular faoliyatini yuritish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini qariyb 70-85 foizini bank kreditorlari va omonatchilarining mablag‘lari tash-kil etadi. Shunday ekan, kreditorlar va omonatchilar manfaatlari bankning manfaatlari bilan uyg‘unlashgan tarzda faoliyat yuritishi lozim. Omonatchilar o‘zlarining bankka ishonib topshirgan mablag‘larini va ular uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan foiz shaklidagi daromadlarini o‘z vaqtida va to‘liq qaytarib olishlari kreditorlar ham bankdagi mablag‘laridan qonun doirasida foyda-lanish imkoniyalariga ega bo‘lmog‘i zarur. Bunga erishish uchun esa, bank

6


faoliyati kreditorlari va omonatchilari manfaatlari uzluksiz ravishda tahlil etilib borilishi lozim. Bunda doimiy ravishda kreditorlar va omonatchilar-ning talablarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis bajarmoq uchun yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi.



Download 293.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling