T. M. Karaliyev, O. B. Sattarov, I. F. Sayfiddinov bank faoliyati


Download 293.7 Kb.
bet7/58
Sana23.12.2022
Hajmi293.7 Kb.
#1046282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
Bog'liq
Bank faoliyati tahlili (2)

Sakkizinchidan, bank qimmatbaho qog‘ozlarining jozibadorligini ta’-minlashga erishish. Bankni o‘z mablag‘larining ko‘payib borishi asosan uning aksiyalarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Aksiyalarning sotilishi esa uning jozibadorligiga bog‘liqdir. Qaysi bankning aksiyalari uning sohiblariga ko‘p daromad keltirsa, unga bo‘lgan talab ortib boradi. Bu hol o‘z navbatida ushbu aksiyalarning jozibadorligini ta’minlaydi. Ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida bank barqarorligini ta’-minlashda uning kapitalining miqdori oshib borishi muhim ahamiyat kasb eta-di. Bank aksiyalarining qanchalik ko‘p miqdorda sotilishini ta’minlash ham, uning faoliyatini uzluksiz ravishda har tomonlama tahlil etilishini talab etadi.


To‘qqizinchidan, Bank imijini oshirishdan iborat. Bank imiji, uning jamiyatdagi, mamlakatdagi obro‘si, erishilgan muvaffaqiyatlar bilan cham-barchas ravishda bog‘liqdir. Erishilgan obro‘-e’tibor albatta uning faoliyat barqarorligi, mijozlarga ko‘rsatilgan xizmat turlarining sifati, tezkorligi va to‘laqonliligi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida bank faoliyatini doimiy ravishda to‘liq tahlil etish va undan to‘g‘ri xulosalar chiqarish bilan bog‘liqdir.

Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish bank faoliyati tahlilining quyidagi vazifalariga bog‘liqdir.





  1. Butun bank faoliyati va uning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat tahlilining natijalarini to‘la-to‘kis ravishda yoritish.




  1. Bank faoliyati to‘g‘ri tahlil etilishi natijasida bank faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar va ularning ta’siri natijalarini chuqur o‘rganish.




  1. Erishilgan natijalarni baholash va ular to‘g‘risida to‘g‘ri xulosalar tay-yorlab kelgusida optimal qarorlarni qabul qilish uchun bankning boshqaruv organlariga taqdim etish.

9


Xulosa qilib aytganda, bank faoliyatining samaradorligi asosan uning faoli-yatini har tomonlama to‘liq tahlil etilishi, natijalari o‘rganilishi, istiqboldagi rejalar tahlil natijasida qabul qilingan qarorlar, belgilanadigan chora-tadbirlar sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.

Download 293.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling