T oshkent-2022 Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishda soliq nazoratining axamiyati. Reja
Download 495 Kb.
|
Солик Мустакиш иш 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq solinadigan daromadlarini aniqlash mezonlari.
Ijtimoiy soliq
Ijtimoiy soliq, soliq toʼlovchining kalendarь oyda ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar, quyidagicha toʼlanadi: 1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʼlmagan miqdorda; 2) yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida boʼlgan jismoniy shaxslar tomonidan - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida; 3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan: - yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʼyxatdan oʼtgan oila aʼzosi tomonidan – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʼlmagan miqdorda; - oilaning boshqa aʼzolari tomonidan (18 yoshga toʼlmaganlar bundan mustasno) - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida; 4) «Hunarmand» uyushmasining aʼzolari tomonidan – yiliga bir marta bazaviy hisoblash miqdorida; 5) «Usta-shogird» maktabi oʼquvchilari tomonidan ularning 25 yoshga toʼlguniga qadar boʼlgan ish davrida – yilliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida. Belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliq toʼlanishi mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi. Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik subʼektlari - «Hunarmand» uyushmasining aʼzolari ijtimoiy soliqni toʼlashdan ozod etiladi. Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʼlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi boʼlgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi. Soliq organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq solinadigan daromadlarini aniqlash mezonlari. Yakka tartibdagi tadbirkorning tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi quyidagi mezonlar asosida aniqlanishi mumkin: taqdim etiladigan hisobot maʼlumotlari; tijorat banklarida ochilgan bank hisobvaraqlarida amalga oshirilgan tovar aylanmalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar; taqdim etilgan soliq hisoboti kameral soliq tekshiruvi orqali tahlil qilinganda qoʼshimcha aniqlangan daromadlar; sayyor soliq tekshiruvini oʼtkazish davomida haqiqatda olingan daromadlar hamda ularning shakllanishi manbalari va xarajatlarni tahlil qilish natijalari. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorning tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi bir kalendarь yildagi oylar davomida oʼsib boruvchi tushumdan kelib chiqib aniqlanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdori faoliyatning bir necha turi bilan shugʼullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor uchun barcha faoliyatidan tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumidan kelib chiqib aniqlanadi. Download 495 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling