T oshkent-2022 Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishda soliq nazoratining axamiyati. Reja
Download 495 Kb.
|
Солик Мустакиш иш 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiya asosida daromad soligʼini toʼlashning oʼziga xos xususiyatlari.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANIDAN NAZORAT ISHI Mavzu: Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishda soliq nazoratining axamiyati. Bajardi: MM58-2 guruh talabasi Nabijonov Javlonbek. Ilmiy rahbar: _________________ T OSHKENT-2022 Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishda soliq nazoratining axamiyati. Reja: Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish. Yakkа Tаrtibdаgi Tаdbirkorlаr Toʼlаydigаn Soliqlаr. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiya asosida daromad soligʼini toʼlashning oʼziga xos xususiyatlari. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish Oʼzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni quyidagi tartibda toʼlaydi: I. Kalendarь yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln soʼmdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar daromad soligʼini ikki xil usulda: 1) har oyda qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliqni toʼlashi; 2) tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi boʼyicha ushbu daromadlarni olish bilan bogʼliq xarajatlar summasini chegirib tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspektsiyasiga deklaratsiya topshirish yoʼli bilan daromad soligʼini toʼlashi mumkin. II. Kalendarь yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln soʼmdan oshgan biroq 1 mlrd soʼmdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona soliq toʼlovi) toʼlashga oʼtkaziladi. Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlarni toʼlashni tanlashi mumkin: kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʼmdan oshganda, oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni toʼlashi; kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʼmdan oshganda, aylanmadan olinadigan soliqni toʼlash oʼrniga ixtiyoriy tarzda qoʼshilgan qiymat soligʼini va foyda soligʼini toʼlashni tanlashi mumkin. III. Kalendarь yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 1 mlrd.soʼmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qoʼshilgan qiymat soligʼi va foyda soligʼini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda toʼlashga oʼtadi. Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda toʼlashga oʼtgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda soligʼini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi. Bunda, foyda soligʼining soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi. Yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʼini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi.
Download 495 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling