T oshkent farmatsevtika instituti mustaqil ish bajardi: 104A guruh talabasi Sharipova Laylo


Download 98.35 Kb.
bet2/2
Sana27.10.2023
Hajmi98.35 Kb.
#1727286
1   2
Bog'liq
1-mustaqil ish

Dzyudo—bu kurashning bir turi bo'lib, unda hamla qilish bilan birga og'ritish va bo'g'ish usullariga ruxsat berilgan. Kalta kamzul (kimo­no) va shim kiygan sportchilar oyoqyalang bo'­lib, maxsus tatami (gilam ma'nosida) ustida kurashadilar. Tik turib kurashgan vaqtda oyoq- dan chalib, irg'itish usullaridan foydalanib, ku- rashchilar birini-biri tatami ustiga irg'itishga inti- ladilar. Yotib kurashishda ushlab olish va ag'darish usullarini qo'llab, raqibini yelkasi bilan tatamiga 30 soniya davomida bosib turish yoki faqat og'ritish va bo'g'ib olish bilan raqibga yengilganini tan olishga majbur qilinadi.
O'zbekistonga dzyudo 1972-yildan kirib kela boshladi. 1973-yilda dzyudo federatsiyasi tuzildi.
Dzyudo bo'yicha musobaqalar erkaklar va ayollar o'rtasida muntazam ravishda o'tkazib turiladi.
Mustaqillik sharofati bilan o'zbekistonlik sportchilar yirik musobaqalarda, turnirlarda qatnasha boshladilar va qator g'alabalarni qo'lga kiritdilar.
Yaponiyaning Osaka shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida terma jamoamizning olti nafar vakili — Kamol Murodov, Armen Bogdosarov, Abdulla Tangriyev, Andrey Shturbabin, Man- sur Jumayev, Alisher Muxtorovlar faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdilar.
Amerika, Yaponiya dzyudosi o'z maktabiga ega. Biri ikkinchisidan farq qiladi. O'zbekiston dzyudosi ham ushbu davlatlarnikidan o'ziga xos tarzda ajralib turadi. O'zbek dzyudosi kurashning eng yaxshi usullarini o'zida mujassamlashtirgan bo'lib, bu uning boshqalar o'rga- nishiga arzigulik tomoni bo'lib hisoblanadi.


KURASHCHINING TURISH HOLATLARl
Kurashchining turishi — bu uning qoilari, oyoqlari, gavdasi va boshining turish holatini o'z ichiga oladi. Tik turish holati uch xil bo'lib, baland, o'rta va past turishdan iborat.
Quyidagi topshiriqlarni bajaring va o'rganib oling:Baland turish asosiy turishlaridan hisoblanib, unda chap oyoqni oldinga 1 panja siljitib, oyoqlarni tizzalardan biroz bukib, gavdani oldinga engashtirib, qo'llarni tirsakdan bukib, oldinga chiqarib turiladi va gavdaning og'irligi ikkala oyoqqa teng taqsimlanadi. Shu holatni 5—6 soniya saqlagan holda 8— 10 marta takror bajariladi.Baland turish holatini egallab olgach, keyin o'rta va past turish holatlarini ham o'rganib oling.O'tirgan holatdan signalga binoan turib, tik turish holatlarining barchasini ketma-ket bajaring.Oldinga, orqaga umbaloq oshgach, turli tik turish holatlarini egallang.
Kurashda eng ko'p uchraydigan holat bu—o'ng qo'li bilan raqibning chap qoiini bilagidan ushlaydi yoki tashqari, yoki pastdan tirsak oldidan, chap qo'l bilan esa yaxtak, choponni yoqasidan yoki ikki qo'li bilan raqibning belbog'idan ushlaydi.
Tajribali sportchilar keng miqyosda aralash qo'lga olishlardan foydalanadilar: belbog'i va qoiidan, qo'li va gavdasidan,belbog'idan, qo'li va bo'ynidan, belbog'i va yoqasidan va boshqalar.
Qo'lga olib ushlashlar juda puxta, ishonchli, xolisona, ya'ni raqibni barcha harakatlarini payqagan holda bo'lishi shart . Bajaruvchi qoilari yordamida raqibni o'ziga tortib og'irlik markazini oyoqlari uchiga o'tkazadi
.
Yakuniy qism
O’quvchilarni saflantirish.Yangi mavzu yuzasidan qisqa savol-javob daqiqasini o’tkazish. Ohista va yengil mashqlar bajartirish. O’quvchilar yurak urish tezligini nazorat qilish. Faol ishtirok etgan va g’olib bo’lgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
Download 98.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling