T. Qudratov N. Fayziyeva
Mahsulot sifatini tahlil qilish uslubi
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil nazariyasi
14.3. Mahsulot sifatini tahlil qilish uslubi
Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining asosiy samaradorlik ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, mahsulotlarning sifati hisoblanadi. Mahsulotlar sifatining oshishi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida hamda aholining moddiy farovonligini oshishida ijobiy ro’l o’ynaydi. 73 Mahsulot sifati ma’lum ko’rsatgichlar yordamida ifodalanadi. Masalan, paxtaning sifati uning navlari bilan, donnning sifati uning sinflari bilan, qoramol go’shtining sifati semizlik kategoriyalari bilan (yuqori, o’rta, o’rtadan past va oriq kategoriyalari), sutning sifati uning yog’lilik darajasi bilan ifodalanadi. Shunday tasnifiy belgilar boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarida ham mavjud. Mahsulot sifatining oshgan yoki kamayganligini aniqlash uchun avvalo uning sifatini ifodalovchi o’rtacha ko’rsatkichni (koeffisiyentni) hisoblab olish zarur, ya’ni paxta bo’yicha o’rtacha navlik koeffisiyentini, sut bo’yicha o’rtacha yog’lilik koeffisiyentini, qoramol bo’yicha o’rtacha semizlik keffisentini va boshqa mahsulotlar bo’yicha ham o’rtacha keffisiyentlarni hisoblab olish kerak. O’rtacha koeffisiyentlar yordamida mahsulot sifatining dinamikasini (yoki rejasining bajarilishi) qiyoslash orqali tahlil qilinadi. Mahsulot sifatining oshishi o’z navbatida sotilgan mahsulot miqdori va hajmining oshishiga hamda foydaning ko’payishiga va rentabellikning oshishiga olib keladi. Mahsulot sifatining oshishi unga bo’lgan talabning oshishiga sababchi bo’ladi. Mahsulot sifatining oshishi bozorda raqobat kurashida yutib chiqish yoki o’z mavqyeini ushlab turish imkoniyatini yaratadi. Sifatli mahsulot bozorda yuqori baholarda sotilib, qo’shimcha daromad olib kelish manbaiga aylanadi. Mahsulot sifatini tahlil qilishning asosiy maqsadi bo’lib, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotning sifatiga baho berish hamda sotilgan mahsulot bo’yicha pul daromadi hajmining va foydasining ko’payishiga (yoki kamayishiga) uning tegishli ta’sirini aniqlash hisoblanadi. Mahsulot sifatining tahlilini sotilgan paxta misolida ko’rib chiqamiz. Sotilgan paxta sifati o’rtacha navlik koeffisiyenti va o’rtacha sotish bahosi ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling