Tahlil quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda 1 s. mahsulot tannarxining umumiy o’zgarishi aniqlanadi.
Buning uchun hisobot yilidagi 1 s. mahsulot tannarxidan bazis yilidagi (yoki rejadagi) 1
s. mahsulot tannarxi chegirib tashlanadi
Ushbu o’zgarishga omillarning ta’siri quyidagicha aniqlanadi.
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishiga ekstensiv omilning, ya’ni 1 ga ekin
maydoni hisobiga sarf bo’lgan xarajatlar summasi o’zgarishining ta’sirini aniqlash
uchun 1 s. mahsulotning shartli tannarxidan bazis davridagi (yoki rejadagi) 1 s.
mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak:
80
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishiga intensiv omilning, ya’ni hosildorlik
darajasi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun 1 s. mahsulotning hisobot yilidagi
tannarxidan 1 s. mahsulotning shartli tannarxini chegirib tashlash kerak:
Ushbu omillar ta’sirlarining yig’indisi 1 s. mahsulot tannarxining umumiy o’zgarishiga
teng kelishi shart. Tenglik aniqlangandan keyin omillar tasiriga baho berilib.xulosa
qilinadi.