79
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishi bevosita ekstensiv va intensiv omillar ta’siri
ostida sodir bo’ladi. Bu omillar quyidagilardir:
1) 1 gektar ekin maydoni (yoki 1 bosh chorva moli) hisobiga sarf bo’lgan ishlab
chiqarish xarajatlari hajmining o’zgarishi;
2) 1 gektar ekin maydonidan olingan hosil (yoki 1 bosh moldan olingan
mahsulot) miqdorining o’zgarishi (hosildorlik yoki mahsuldorlik darajasining
o’zgarishi).
Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlaymiz. Tannarx
tahlilini o’simlikchilik mahsuloti misolida ko’rib chiqamiz. Tannarxning o’zgarishiga
omillarning ta’sirini aniqlashdan oldin 1 s. mahsulotning shartli tannarxini aniqlab
olish zarur.
Shartli tannarx qanday aniqlanadi? Shartli tannarxni (Z
sh
) aniqlash uchun
hisobot yilidagi 1 gektar ekin maydoni hisobiga sarf bo’lgan xarajatlar hajmini (IX
1
)
bazis yilidagi hosildorlik darajasiga (H
0
) bo’lish kerak:
Shartli tannarx aniqlangandan keyin mahsulot birligi tannarxini omilli tahlil
qilish mumkin, ya’ni har bir omilning ta’sirini aniqlab, uning darajasiga baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: