72
Agar sotilgan mahsulot miqdorining o’zgarishiga ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdori, yil boshi va yil oxiriga qolgan mahsulotlar miqdori hamda har xil chiqimlar
miqdorining o’zgarishi ta’sir qilgan taqdirda, balansli bog’lanish usullaridan foydalanib
tahlil etish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Endi,mahsulotlarni sotishdan olingan sof pul tushumi hajmi o’zgarishini ni tahlil
qilish usuliga to’xtalamiz.
Mahsulotlarni sotishdan olingan sof pul tushumi hajmi dinamikasi tahlil
qilinganda solishtirish, farqlash, zanjirli bog’lanish, indeks usullaridan foydalanish
mumkin.
Ma’lumki, sof pul tushumi hajmi sotilgan mahsulot miqdori bilan o’rtacha sotish
bahosi ko’paytmasining hosilasiga teng bo’ladi. Demak, pul tushumi hajmining
o’zgarishi shu ikki omil ta’siri ostida yuzaga keladi. Biz bu yerda omillar ta’sirini
“Farqlash” usuli orqali aniqlash tartibiga to’xtaldik.
Sof pul tushumining umumiy o’zgarishi:
Ushbu o’zgarishga omillar ta’sirini aniqlash:
1.Sof pul tushumi hajmining o’zgarishiga sotilgan mahsulot miqdori (q)
o’zgarishining ta’siri:
2.Sof pul tushum hajmining o’zgarishiga o’rtacha sotish bahosi (p) o’zgarishining
ta’siri:
of
pul tushumining umumiy
o’zgarishiga teng kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: