2.2 Iqtisodiy tahlilning maqsadi va vazifalari.
Tahlilning maqsadi. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini barcha tomonlarini
chuqur o’rganish asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularni ishga solish
bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish tahlilning maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Tahlilning asosiy vazifalari.
1.Xo’jalik yurituvchi subyektni biznes rejasini tuzish uchun tegishli hisobot
axborot ma’lumotlar bilan taminlash;
2.Biznes reja bajarilishini xo’jalik moliyaviy barqarorligini taminlash nuqtai
nazardan o’rganish.,
3.Har-bir jarayon natijasining o’zgarishini aniqlash va unga ta’sir qiluvchi har bir
omilning ta’sirini hisoblash.,
4.Tabiiy, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini
oshirish yo’llarini ko’rsatish;
5.Xo’jalik yurituvchi subyektning (fermer, shirkat va boshqa xo’jalikning)
iqtisodiy va moliyaviy salohiyatiga, uning to’lovga qodirligi darajasiga baho berish
hamda ularni yahshilash va oshirish bo’yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish.
6.Xo’jalik yurituvchi subyektning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy
ahvoli to’g’risidagi malumotlarni keng jamoatchilikka ko’rsata bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |