Zamon deganda nima tushuniladi? Zamon deganda sodir bo’lgan va bo’layotgan
hodisa (jarayon)lar holati va harakatini aks ettirgan, qamrab olgan hisobot davri
tushuniladi (oy, chorak, yarim yil, yil).
Analiz va sintez kategoriyalari ham iqtisodiy tahlilni metododologik asoslaridan
bo’lib hisoblanadi.
Tahlil deganda nima tushuniladi? Tahlil deganda bir butun yaxlit iqtisodiy
jarayonni (predmetni ) bo’laklarga,qismlarga bo’lib,o’rganish tushuniladi.
Sintez deganda nima tushuniladi? Sintez delanda o’rganilayotgan iqtisodiy
jarayonning barcha bo’laklari bo’yicha qilingan xulosalarni umumlashtirish
tushuniladi.Demak, sintez –umumlashtirishdir.
Shakl va mazmun kategoriyalari.Bular ham tahlilni metologik asosi tariqasida
qo’llaniladi.Shaklning o’zgarishi mazmun o’zgarishiga,mazmunning o’zgarishi
shaklning o’zgarishiga olib keladi.Iqtisodiyotda ushbu bog’liqlik juda yorqin namoyon
bo’ladi. Masalan biror birlashma tarkibida korxonalar soni uning shaklini tashqil qilsa,
ularning nima bilan shug’ullanishi, qanday texnologiya ishlatilishi,qanaqa kadrlar bilan
ta’minlanganligi kabi jixatlari uning mazmunni tashqil qiladi.Mahsulot turi shakl ,uning
sifati,tarkibi mazmunini ifodalaydi.
Sabab va oqibat dialektik kategoriyalar ham tahlilning metodologik asosi sifatida
namoyon buladi. Iqtisodiy tahlilda bular natija va omil deb ataladi. Sabab-
Do'stlaringiz bilan baham: |