Asosiy savollar:
3.1. Iqtisodiy tahlil metodi va metodologiyasining tasnifi.
3.2. Iqtisodiy tahlil fanining metodologik asoslarini ifodalovchi ko’rsatkichlar
tasnifi
3. Iqtisodiy tahlilning metodi bo’yicha olimlarning fikrlari
3.1. Iqtisodiy tahlil metodi va metodologiyasining tushunchasi
Iqtisodiy tahlil metodi va metadologiyasi bir-biridan farqlanadi.
Metod so’zi nimani anglatadi? Metod grekcha “metodos” so’zidan olingan
bo’lib, u “Izlanish yo’li” degan ma’noni anglatadi. Demak, tabiat va jamiyatda sodir
bo’lgan va bo’layotgan hodisalarni o’rganishdagi izlanish yo’li, usuli degan ma’noni
bildiradi. Keng ma’noda metod deyilganda obyektiv borliqni, tabiat, jamiyat va
mavjudotlarni rivojlanishini, materialistik dunyoni dialektik- materialistik
qonuniyatlarga asoslanib, o’rganish usuli tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |