T. Qudratov N. Fayziyeva
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy savollar
- 11.1. Yerdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini tahlil qilishning uslubiy asoslari.
- Yerdan samarali foydalanish deganda
Tayanch iboralar. Tabbiy resurslar. Yer va suv resurslari. Yerdan foydalanish
samaradorligi. Yer mahsuldorligi. Suv bilan ta’minlanish koeffisenti. Suvdan foydalanish samaradorligi. Asosiy fondlar qaytimi. Asosiy fondlar sig’imi. Asosiy fondlar rentabelligi. Asosiy savollar: 11.1. Yerdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini tahlil qilishning uslubiy asoslari. 11.2. Suvdan foydalanish samaradorliini tahlil qilishning uslubi. 11.3.Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini tahlil etishning uslubiy asoslari 11.1. Yerdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini tahlil qilishning uslubiy asoslari. Yer va suvdan samarali foydalanish qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiarishni ko’paytirishda va mamlakatda oziq-ovqat muammosini ijobiy hal qilishda hamda eksportni kengaytirishda katta rol o’ynaydi. Yerdan samarali foydalanish deganda 1 gektar hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmining oshishi tushuniladi. Yerdan foydalanish samardorligi bir gektar yoki 100 gektar hisobiga ishlab chikarilgan yalpi mahsulot, yalpi daromad va sof daromad ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi: Bunda, -yerdan foydalanish samaradorligi (1ga hisobiga olingan mahsulot hajmi); - yalpi qishloq xo’jalik mahsuloti hajmi; - qishloq xo’jalik yalpi daromadi hajmi 54 – qishloq xo’jalik sof daromad hajmi -jami maydoni (kadastr maydon hisobida). Biz bu yerda yerdan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichini tahlil qilish yo’llarini faqat bir ko’rsatkichi misolida , ya’ni 1 gektar hisobiga olingan yalpi daromad ko’rsatkichi misolida bayon qildik. Boshqa ko’rsatkichlari tahlilining usullari ham aynan shu ko’rsatkich tahlili usulidan farq qilmaydi, faqat mahsulot ko’rsatkichining nomlari bilan farq qiladi ,holos. Yerdan foydalanish samaradorligining tahlilda solishtirish, qayta hisoblash, zanjirli bog’lanish usullaridan foydalaniladi. Birinchi navbatda 1 gektar hisobiga olingan yalpi daromad ko’rsatkichi bazis va hisobt yillari uchun hisoblab olinadi. Ushub ko’rsatkich tegishli davrlar bo’yicha ma’lum bo’lgandan keyin, hisobot yilidagi yerdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichini uning rejadagi ko’rsatkichiga (yoki bazis yilidagi ko’rsatkichiga) solishtirib, o’zgarishi aniqlandi: Shundan keyin ushbu o’zgarishning sababi aniqlanadi, ya’ni ushbu o’zgarishga omillarning ta’siri aniqlandi. Omillar ta’sirini aniqlashdan oldin “Shartli samaradorlik ko’rsatkichi ” aniqlab olinadi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin: Shundan keyin yerdan foydalanish samaradorligining o’zgarishiga omillar ta’siri “Zanjirli bog’lanish” usuli yordamida aniqlanadi: 1) Samaradorlik o’zgarishiga maydon o’zgarishining ta’siri: 2) Yalpi daromad hajmi o’zgarishining ta’siri: Omillar ta’siri aniqlagandan keyin ularning ta’siriga baho berilib, xulosa qilinadi, ya’ni samaradorlikni oshishi bo’yicha fikrlar berilib, tahlil natijasi umumlashtiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling