T. Qudratov N. Fayziyeva


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/161
Sana08.01.2022
Hajmi1.95 Mb.
#239397
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy tahlil nazariyasi

Tayanch iboralar. Tabbiy resurslar. Yer va suv  resurslari. Yerdan foydalanish 
samaradorligi. Yer mahsuldorligi. Suv bilan ta’minlanish koeffisenti. Suvdan 
foydalanish samaradorligi. Asosiy fondlar qaytimi. Asosiy fondlar sig’imi. Asosiy 
fondlar rentabelligi. 
Asosiy savollar: 
11.1. Yerdan foydalanish samaradorlik  ko’rsatkichlarini  tahlil qilishning  uslubiy 
asoslari. 
11.2. Suvdan foydalanish samaradorliini tahlil qilishning  uslubi. 
11.3.Asosiy  fondlardan  foydalanish  samaradorligini  tahlil  etishning  uslubiy 
asoslari  
11.1. Yerdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini tahlil qilishning 
uslubiy asoslari. 
  Yer va suvdan samarali foydalanish qishloq xo’jalik mahsulotlarini  ishlab 
chiarishni ko’paytirishda va mamlakatda oziq-ovqat  muammosini ijobiy hal qilishda 
hamda eksportni kengaytirishda katta rol o’ynaydi. 
Yerdan samarali foydalanish deganda 1 gektar hisobiga yetishtirilgan mahsulot 
hajmining oshishi tushuniladi. Yerdan foydalanish samardorligi bir gektar  yoki 100 
gektar hisobiga ishlab  chikarilgan yalpi mahsulot, yalpi  daromad va sof daromad 
ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi:  
 
Bunda, 
 -yerdan foydalanish samaradorligi (1ga hisobiga olingan mahsulot 
hajmi); 
 - yalpi  qishloq xo’jalik mahsuloti hajmi; 
 - qishloq xo’jalik yalpi daromadi hajmi 


54 
 
 – qishloq xo’jalik sof daromad hajmi 
 -jami maydoni  (kadastr maydon hisobida). 
Biz bu yerda yerdan foydalanish samaradorligi  ko’rsatkichini tahlil qilish 
yo’llarini faqat bir ko’rsatkichi misolida , ya’ni 1 gektar hisobiga  olingan yalpi 
daromad ko’rsatkichi misolida  bayon qildik. Boshqa ko’rsatkichlari  tahlilining usullari 
ham aynan shu ko’rsatkich tahlili usulidan farq qilmaydi, faqat mahsulot 
ko’rsatkichining nomlari bilan farq qiladi ,holos.  
Yerdan  foydalanish  samaradorligining tahlilda  solishtirish, qayta hisoblash
zanjirli bog’lanish usullaridan  foydalaniladi. 
Birinchi navbatda 1 gektar hisobiga olingan yalpi  daromad  ko’rsatkichi bazis va 
hisobt yillari uchun  hisoblab olinadi. Ushub  ko’rsatkich tegishli davrlar bo’yicha 
ma’lum bo’lgandan keyin, hisobot yilidagi yerdan foydalanish samaradorlik 
ko’rsatkichini uning rejadagi ko’rsatkichiga (yoki bazis yilidagi  ko’rsatkichiga) 
solishtirib, o’zgarishi aniqlandi: 
 
Shundan  keyin  ushbu  o’zgarishning  sababi  aniqlanadi,  ya’ni  ushbu    o’zgarishga 
omillarning  ta’siri  aniqlandi.  Omillar  ta’sirini  aniqlashdan  oldin  “Shartli  samaradorlik 
ko’rsatkichi ” aniqlab olinadi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:   
 
Shundan keyin yerdan  foydalanish samaradorligining o’zgarishiga omillar ta’siri  
“Zanjirli bog’lanish” usuli yordamida  aniqlanadi:  
1) 
Samaradorlik o’zgarishiga maydon  o’zgarishining ta’siri: 
 
2) 
Yalpi daromad hajmi o’zgarishining ta’siri:  
 
Omillar ta’siri aniqlagandan keyin ularning ta’siriga baho berilib, xulosa qilinadi, ya’ni 
samaradorlikni oshishi bo’yicha fikrlar berilib, tahlil natijasi umumlashtiriladi. 


55 
 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling