T. S. Malikov
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
M
с = ( Δ F : M р ) x 100% Bu yerda: M с – moliyaviy samaradorlik; Δ F – foydaning o‘sgan qismi; M р – moliyaviy resurslar. Asosiy kapitalning rivojlanishi va moliyaviy ta’minotini boshqa- rishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning samarador- ligini baholash alohida ahamiyat kasb etadi. Uning juda ko‘p aspektlari mavjud. Bu yerda, eng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruvchilar va xo- dimlar manfaatlarini birgalikda qarash aspekti juda muhim. Davlat manfaatlari, bir tomondan, XYuSlarning soliq to‘lovlarini maksimal- lashtirish maqsadida balans foydaning maksimallashtirilishini ko‘zda tutadi. Ikkinchi tomondan esa, foydadan soliq to‘lovlari foydaning ken- 88 gaytirilgan ilmtalab takror ishlab chiqarishga qayta investitsiya qilini- shini hisobga olgan holda optimallashtirilmog‘i lozim. Juda ko‘p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari bir- biriga mos keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun ham bir aksiyaga to‘g‘ri keluvchi foyda summasining o‘sishi orqali aksio- nerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini amalga oshirish alo- hida ahamiyat kasb etadi. Odatda, daromadlarni maksimallashtirish ishlab chiqarishning sa- maradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish hisobidan erishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond qaytimining oshi- shi, xarajatlarning qisqarishi, aylanma mablag‘lar aylanishining tezla- shuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy fondlarning yangilanishi, yangi texnologiyalar va boshqaruv metodlaridan foydalanish bilan bog‘liq. Boshqaruv qarorlarida oqilona dividend siyosatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. U sof foyda dividendlar to‘lash va jamg‘arishga yo‘naltirishga or’tasoda oqilona taqsimlanishini nazarda tutadi. XYuS xodimlari manfaatlari nuqtayi nazaridan faqatgina moli- yaviy natija emas, balki o‘zining tarkibiga mehnat haqi va uning o‘sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan XYuS xarajatlari hisobidan vujudga keladigan moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsat- kichlarning o‘sishini qamrab oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham mu- himdir. Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS moli- ya-xo‘jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umumiy moliya- viy-iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi va aniqlovchi ko‘rsatkich sifatida ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko‘rsatkichi maydonga chiqadi. U samaradorlikni baholashning me’zoni bo‘lib, quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling