T. S. Malikov
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
к
= T р – T т Bu yerda: YaF к – XYuSning yalpi foydasi; T р – tovarlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum; T т – sotilgan tovarlar, mahsulotlar va xizmatlar- 137 ning tannarxi. SOF к = YaF к - TX – BX Bu yerda: SOF к – XYuSning sotuvdan olgan foydasi; YaF к – XYuSning yalpi foydasi; TX – tijoriy xarajatlar; BX – boshqaruv xarajatlari. STF к = SOF к + BD – BX Bu yerda: STF к – soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi; SOF к – XYuSning sotuvdan olgan foydasi; BD – boshqa daromadlar; BX – boshqa xarajatlar. SF к = STF к – FOS Bu yerda: SF к – XYuSning sof foydasi; STF к – soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi; FOS – foydadan olingan soliq. Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uning qolgan qismi XYuS tomonidan mustaqil ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. Foydaning bu qismi investitsion, ishlab chiqarish va ijtimoiy xarakterdagi ehtiyojlarga sarflanishi mumkin. Uni taqsimlash jarayonida, albatta, XYuSning kapital qo‘yilmalarga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olinmog‘i lozim. Shuning uchun ham, bozor konyunk- turasini hisobga olgan holda foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajratmalarning miqdori aniqlanadi va ular kapital qo‘yilmalar, aylanma mablag‘larni ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruk- torlik ishlarini ta’minlash, yangi texnologiyalarni joriy etish uchun foy- dalaniladi. Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik risklarining darajasi keskin oshadi. Bu fond har yillik ajratmalar hisobidan tashkil qilinadi. Ajratmalarning o‘lchami esa XYuSning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling