54
Moliyaviy rezervlarni izlab topish va ularni amalga
oshirishning asosiy yo’nalishlari
orasida XYuSning mol-mulkidan yanada samaraliroq foydala-
nishni alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq
Bu yerda buning asosiy ko’rsatkichi aktivlarning
rentabelligi hi-
soblanadi
Aktivlarning rentabelligi sof foydaning tahlil davridagi aktivlar-
ning o‘rtacha o‘lchamiga nisbati bilan ifodalanadi
Agar sof foydaning yoki netto-foydaning baho va to’liq
tannarx
o‘rtasidagi farq hamda soliq to’lovlari o‘lchamiga kamaytirilgan-
ligidan iborat ekanligi inobatga olinadigan bo’lsa, aktivlarning
rentabelligi faqat bozor konyunkturasiga bog’liq bo’lmasdan,
balki foydadan olinadigan soliq summalariga ham bog’liq ekan-
ligi ma’lum bo’ladi
Aktivlarning rentabelligi ko‘rsatkichi bir so‘mlik aktivlarga (XyuS-
ning butun mol-mulkiga) to‘g‘ri keluvchi
sof foydaning miqdorini
ko‘rsatadi va XYuS faoliyatining moliyaviy faolligini o‘zida aks
ettiradi. Bu ko‘rsatkichning darajasi XYuS aktivlarining tarkibiy
tuzilishiga – asosiy fondlar aktiv va passiv qismlarining,
asosiy va
aylanma kapitalning nisbatiga – bog‘liq