T u shuntiri shxat I


Yuklagich cho’mich tishlarini qayta tiklash va payvandlash uchastkasini loyixalasi


Download 0.82 Mb.
bet15/16
Sana23.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1652104
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Abrorbek bmi

3.2 Yuklagich cho’mich tishlarini qayta tiklash va payvandlash uchastkasini loyixalasi

4.Iqtisodiy qism
Hozirgi kunda respublikamizda xalq xo'jaligining sanoat ishlab
chiqarishi jadal suratda rivojlanib bormoqda. Bunga sohaga innovatsion
g'oyalarning keng joriy etilayotgani asosiy sabab bo'lmoqda. Innovatsiyaning
rivojlanishi esa olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar
natijalariga bog'liq bo'ladi. Sanoat ishlab chiqarishini rivojlanishi bilan
unda yangi muammolar ham yuzaga chiqaveradi. Bunga misol qilib xalq
xo'jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnikalarning ishchi
organlarini tez eyilib ishdan chiqishini ko'rsatish mumkin. Ayniqsa yo'l-
qurish va tosh-tuproq qazish mashinalari ishchi organlari detallarining ish
muddati tugamasdan tez eyilib ketishi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Olib borilgan tadqiqotlardan resurstejamkor texnologiyalar yaratish
asosida olib borilgan bo'lib, uning natijasida ishlab chiqilgan
texnologiyalar oldinga qo'yilgan vazifalarni hal qilishda mehnat, energiya va
metallar sarfini kamaytirish, detallar resursini oshirish va chetdan olib
kirilayotgan qimmatbaho mashina detallarini keskin qisqartirish kabi
vazifalarni hal qiladi.
Yuqorida takidlanganidek, tishlar, yuklagich cho'michining eng tez
eyilib ishdan chiqadigan ish organi hisoblanadi. Shuning uchun ishlash
jarayonida cho'mich tishlari tez-tez yangisiga yoki tiklanganlariga almashtirib
turiladi. Natijada, tosh-tuproq qazishda cho'mich tishlaridan foydalanish
samaradorligi pastlab ketadi va ehtiyot qismlar sarfi ortadi. Ehtiyot qismlar
sarfini kamaytirishda resursi oshirilgan cho'mich tishlardan foydalanish
katta iqtisodiy samara beradi. Ushbu iqtisodiy samaradorlik eyilib ishdan
chiqqan tishlarni almashtirish uchun agregatni bekor turib qolishi va
tiklangan tishlarni yangisiga nisbatan bir necha marta uzoq ishlashi hisobiga
olinadi. Tishlarni resursini oshirishda payvandlab qoplab tiklash tannarxi
texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy texnik-iqtisodiy
ko'rsatkichlaridan hisoblanadi. Bunda tannarxni eng minimal bo'lishini ko'zda
tutadi. Chunki eyilgan detallarni tiklash tannarxi texnologik jarayonni
qanchalik takomillashganini ifodalovchi asosiy iqtisodiy ko'rsatkich
hisoblanadi.
Eyilgan detallarni payvandlab qoplash tannarxi mehnat sarfidan
tashqari, yana elektroenergiya, payvandlash materiali, qo'shimcha materiallar,
jihoz va binolar amortizatsiyasi kabi qator harajatlarni o'z ichiga oladi. Har
bir sarf-harajat o'lchashlar, kuzatishlar va meъyoriy xujjatlar asosida
aniqlanadi.
Aniqlangan tannarx asosida taklif etilayotgan usulning mavjud
usullarga nisbatan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi.
Tadqiqot uslubi. Usulning maqsadga muvofiqligini aniqlash iqtisodiy
samaradorlik orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy samaradorlik esa, o'z
navbatida, yangi texnologiyani ishlab chiqarishga joriy qilish qanday
iqtisodiy ko'rsatkichni o'zgartirganligiga qarab quyidagi ifodalar orqali
aniqlanadi.
1. Agar texnologiyani takomillashtirish ish unumini ortishiga olib
kelgan bo'lsa yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:
E = (S1 + EnK1) N1 / Nkt - (S2 + EnK2), (1)
bunda S1 va S2 - mavjud va yangi texnologiya bo'yicha ishlab chiqarilgan
mahsulotning tannarxi;
K1 va K2 – mavjud va yangi texnologiyalar bo'yicha kapital
ajratmalar;
N1 va Nkt - mavjud va yangi texnologiya bo'yicha ishlab chiqarilgan
mahsulotning yillik hajmi;
En – kapital ajratmalarning normativ koeffitsienti (En = 0,15).
2. Agar ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yillik hajmi o'zgarmas
bo'lsa, u holda yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:
E = [(S1 +EnK1) – (S2 +EnK2)] Nkt , (2)
3. Agar yangi texnologik jarayon mavjud texnologiyaga nisbatan mahsulot
sifatini ortishini taъminlasa (masalan, mashinaning resursini), u holda
yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:
E = [(C1 + EnK1)T2/T1 – (S2 + EnK2)] Nkt , (3)
bunda T1 va T2 - mavjud va yangi texnologiya bo'yicha ishlab chiqarilgan
yuklagich cho'mich tishining resursi.
4. Agar yangi texnologiya kapital ajratmalarni ortishiga olib kelmasa, u
holda yillik iqtisodiy samaradorlik mahsulot tannarxini kamayishi orqali
topiladi:
E = (S1-S2) Nkt , (4)
5. Agar yangi texnologiya ishdan chiqqan detalni qayta tiklashni ko'zda
tutgan bo'lib, u sotib olinadigan ehtiyot qism o'rniga ishlatilsa va shu bilan
birga mashinaning xizmat muddatini ortishiga olib kelsa, u holda yillik
iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:
E = [(Sya Kya)T2/T1 - (S2 + EnK2)] Nkt , (5)
bunda Sya - sotib olingan ehtiyot qismning tannarxi;
Kya – detalni sotib olib kelishga ketadigan qo'shimcha harajatlar.
Yuqoridagi hisoblash formulalari texnologik jarayonlarni
o'zgartirishning asosiy variantlarini hisobga oladi.
Ushbu ishda
ishlab chiqilgan texnologiya noyob va qimmatbaho ehtiyot qismlar sarfini
kamaytiradi va ularning resursini oshiradi.
Shuning uchun eyilgan detallarni kontakt payvandlash usulida
shakllantirilgan kukunsimon materiallarni qo'llab qayta tiklash texnologik
jarayonini ishlab chiqarishga joriy qilishda yangi ehtiyot qismga nisbatan
yillik iqtisodiy samaradorlikni quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz:
E = [(Sya · Kya)T2/T1 - (S2 + En · K2)] · Nkt , (6)
bunda Sya - sotib olingan ehtiyot qismning tannarxi;
Kya – ehtiyot qismni sotib olib ketishga ketadigan qo'shimcha
harajatlar;
T1 va T2 – sotib olib kelingan ehtiyot qismning va yangi texnologiya
bo'yicha qayta tiklangan detal yoki birikmaning xizmat
muddatlari;
S2 - yangi texnologiya bo'yicha qayta tiklangan detal yoki birikmaning
tannarxi;
K2 – yangi texnologiyani joriy qilish uchun qo'shimcha kapital
ajratmalar;
Nkt - yangi texnologiya bo'yicha qayta tiklanadigan detal yoki
birikmalarning yillik hajmi;
En – kapital ajratmalarning normativ koeffitsienti (En = 0,15).
Iqtisodiy samaradorlikni hisoblashda mavjud texnologiyaga nisbatan
maxsulot sifati taъminlanganligi uchun (3) formuladan foydalanildi.
Kapital ajratmalar payvandlab qoplash tannarxiga qo'shib hisoblanganligi
sababli formula quyidagicha ifodalandi:
E = (C1 · T2/T1 – S2) · Nkt ,
O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA
15-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.01.2023
S2 - yangi texnologiya bo'yicha qayta tiklangan detal yoki birikmaning
tannarxini hisoblashda uni metallomga topshirish narxi hisobga olinadi va u
quyidagicha hisoblab topiladi:
S2 = Six + Sm + Sqold + Sa + Sjor. taъm , (7)
bunda Six – ish xaqi harajatlari, so'm
Six = Ssix · Td · Kd · K2 , (8)
bunda Ssix – ishchilarning soatlik ish xaqi, so'm
Td - bitta detalni qayta tiklash uchun sarflangan vaqt, soat
Kd - qo'shimcha ish xaqini hisobga oluvchi koeffitsient
K2 - ish joyiga xizmat ko'rsatish koeffitsienti
Sm – material sarfi, so'm; u quyidagicha aniqlanadi:
Sm = Smb · Tm ,
bunda Smb – payvandlash materialining narxi, so'm
Tm - detalni qayta tiklash uchun material sarfi, kg
Sqold – detalning qoldiq bahosi, so'm
Sa – amortizatsiya ajratmalari, so'm
Amortizatsiya ajratmalari bino uchun, jihozlar uchun va jihozlarni
tamirlash uchun aloxida hisoblanadi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling