T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Download 180.21 Kb.
bet17/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Tayanch iboralar:


kostyum, bluzka, yubka, oyoq kiyim, taqinchoq, duxi, pomada


Nazorat savollari:





        1. Ayol biznesmenlar kostyumiga qanday talablar qo’yiladi va u nima bilan kiyiladi?

        2. Biznesmen ayollarning uzun ko’ylaklariga qanday talablar qo’yiladi?

        3. Yubka va uzun ko’ylakni kiyishga qanday talablar qo’yiladi?

        4. Ayol biznesmenlar uchun qanday oyoq kiyimi tavsiya qilinadi?

        5. Biznesmen ayollar taqinchog’i qanday ahamiyatga ega va unga qanday talablar qo’yiladi?

        6. Ayol biznesmenlar duxisi va labiga surtiladigan pomadasi qanday bo’lishi kerak?



    1. Tantanali vaziyatlarda kiyiladigan biznsmenlar kiyimlari


      1. Erkak biznesmen kiyimi

Biznesmenlarning kundalik ish kiyimi tantanali vaziyatlarda kiyiladigan kiyimdan farq qiladi, chunki tantanali qabullarga asosan maxsus taklifnomalar bo’yicha taklif qilinadi. Ularga taklif qilinayotgan


tadbirlarga kiyib kelish kiyimiga qo’yiladigan talablar ko’rsatiladi. Agar siz taklif bo’yicha tantanada ishtirok etishga rozilik bergan bo’lsangiz, unda ko’rsatilgan talablarga ko’ra kiyinib borishingiz kerak. Agar taklifnomada ingliz tilida “black tie” iboralari yozilgan bo’lsa, u rasmiy galstukda yoki smokingda kelish kerakligini bildiradi.
Agar erkak biznesmenlar Yevropa mamlakatlarida “Kechqurungi kokteyl yoki kechki ovqatga” taklif qilinsa, odatda unga qora kostyum, bir xil rangli (asosan oq) ko’ylak, galstuk, yarqiragan holgacha tozalangan qora tufli kiyishib kelishadi.
Agar erkak biznesmen “Smokingli rasmiy qabul” ga taklif qilingan bo’lsa, smoking (qora movutdan tikilgan, qaytarma shoyi yoqali kostyum), podtyajkali kamarsiz shimda va yarqiragan holgacha tozalangan qora tuflida yoki botinkada kelishi lozim.
Agar erkak biznesmen kishi “Frakli jiddiy rasmiy qabul” ga taklif qilingan bo’lsa, u frakda (oldingi etagi qisqa, orqa etagi uzun erkak kiyimi), tik yoqali va zaponkali kraxmallangan oq ko’ylakda, pike (g’ijim qilib to’qilgan matodan tayyorlangan) galstukda, yarqiragan holgacha tozalangan qora tuflida yoki botinkada hamda oq qo’lqopda kelishlari shart.



Download 180.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling