T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayol biznesmenlar ish kiyimlarini tanlashga va kiyilishiga qo’yiladigan talablar
Tayanch iboralar:go’zal, garderob, tanlash. Nazorat savollari:Ish kiyimining ayol biznesmenlar uchun qanday ahamiyati bor? Ayol biznesmenlar garderobida ish kiyimlarining qaysi turlari bo’lishi kerak? Ayol biznesmenlar ish kiyimlarini tanlashga va kiyilishiga qo’yiladigan talablarKostyum kiyib faoliyat qilishga ruxsat berilgan biznes korxonalarida ayol biznesmenlarning asosiy ish kiyimi kostyum hisoblanadi. Ayol biznesmenlarning kostyumini tanlashda uning materialiga, rangiga va bichilib–tikilishiga katta e’tibor berilishi lozim. Ularning kostyumlari g’ijimlanmaydigan materialdan tikilgan bo’lishi kerak. Ayol biznesmenlar uchun yevropacha etiket qoidalariga ko’ra yuqori sifatli qora, to’q - ko’k, kulrang va kul – jigar rangli kostyumlar va pidjak tavsiya qilinadi. Biznesmen ayollar kostyumi bluzka bilan kiyiladi. Uning rangi monoton bo’lib, kostyum rangiga to’g’ri kelishi kerak. Qora va to’q - ko’k kostyum oq, ochiq rangli kostyumlar esa qora yoki ochiq rangli bluzkalar bilan kiyiladi. Agar biznes korxonada qora yoki to’q - ko’k rangli uzun ko’ynak yoki yubka ish kiyimi sifatida qabul qilingan bo’lsa, ko’ynak oq–qora rangli sharf, yubka esa yengi uzun oppoq bluzka yoki yengi uzun oq ko’ylak bilan kiyiladi. Amalda qabul qilingan biznes–etiket qoidalariga ko’ra yoqasi chuqur o’yilgan uzun ko’ylak (dekolte) kiyib ishga kelish mumkin emas, chunki bunday ko’ylak yoqasidan byustgalter yelka bog’lari ko’rinib turadi. Xuddi shuningdek, tagidan qorni ko’rinib turadigan kalta bluzkaga o’xshagan kiyimlarni kiyib ishlash biznes faoliyatida umuman man qilingan. Ma’lumki, yubka uzunligi u sohibining ichki ma’naviyati va faoliyati-ning yo’nalishi bilan bog’liq bo’ladi. Lekin biznesda ishda kiyiladigan yubka uzunligiga yagona talab qo’yiladi, u ham bo’lsa, uning uzunligi tizza ko’zidan baland, oyoq boldirining o’rtasidan past bo’lmasligi kerak. Demak, biznes faoliyatida kalta yubka kiyib ishlashga ruxsat berilmaydi.. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, kiyiladigan uzun ko’ylak yoki yubka gavdaga yopishib turadigan, ya’ni tor, bo’lmasligi kerak, chunki tor kiyim tagidan ich kiyim shakli, ba’zan rangi yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Biznesmen ayollarning ishda kiyishi kerak bo’lgan oyoq kiyimiga ham qat’iy talab qo’yiladi: birinchidan, oyoq kiyimi natural charmdan tikilgan, rangi esa qora, to’q ko’k, jigar – kulrang va natural charm rangi tusida bo’lishi mumkin; ikkinchidan ayol biznesmenlar oyoq kiyimlarining rangi ham kostyum, uzun ko’ylak yoki yubka rangiga qarab tanlanadi. Yevropacha biznes tajribasida ayol biznesmenlar uchun poshnasining balandligi 5.0 dan 7.5 sm gacha bo’lgan tufli – kemacha tavsiya qilinadi. Har qanday vaziyatda ham uy va sport oyoq kiyimlarini kiyib biznes faoliyatini ko’rsatish man etiladi. Ayol biznesmenlar imijini shakllantirishda ishining tez va ijobiy bo’lishida taqinchoqlarining ahamiyati juda ham katta. Shu sababli ham taqinchoqlar katta mahorat va zehn bilan tanlanishi kerak. Bundan oldin ta’kidlanganidek, birinchidan, ular o’z sohibining husnini yanada go’zallashtirishi, ikkinchidan esa suhbatdoshning diqqatini yaqqol tortmasligi kerak. Katta va yarqiroq taqinchoqlar suhbatdoshning diqqatini darrov o’ziga tortadigan bo’ladi, natijada suhbat obyektiga kam e’tibor beriladi, hatto masala yechilmay ham qolishi mumkin. Biznesmen ayollar uchun duxi va labiga surtiladigan pomada ham katta ahamiyatga ega. Duxi yoqimli va uning hidi suhbatdosh duxisi yoki odekolonining hididan baland bo’lmasligi, pomada esa, xuddi taqinchoqlardek, yarqiragan va yaqqol ko’zga tashlanadigan bo’lmasligi kerak. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling