T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Download 180.21 Kb.
bet19/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Biznes korxona etikasi


  1. Korxona etikasi

Biznes – korxonaga ta’rif berishdan oldin korxona to’g’risida ma’lumot berish ushbu band materiallarini o’quvchilar tomonidan yaxshi tushunishga imkon beradi. “Turizm, mehmondo’stlik, servis” lug’at – ma’lumotnomasida berilgan tavsifga ko’ra korxona deganda odamlarning talabini qondirish va foyda olish maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarish, ma’lum bir ishlarni bajarish hamda xizmatlar ko’rsatish uchun barpo etilgan va mamlakat qonunlari asosida tashkil qilingan va faoliyat qiladigan xo’jalik yuritishning mustaqil obyekti tushuniladi.


Korxona o’ziga xos faoliyat turini mustaqil ravishda amalga oshiradi, ishlab chiqarish mahsulotiga va olgan foydasiga o’zi egalik qiladi. Keltirilgan tavsifdan xulosa qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, biznes – korxona deganda biznes xizmati bo’yicha iste’molchilar talabini qondirish, foyda olish maqsadida barpo etilgan va faoliyat qiladigan xo’jalik yurituvchi mustaqil obyekt tushuniladi. Biznes korxonalariga, biznes turiga qarab, biznesmenlar o’z kasbi bo’yicha birlashadi.
Korxona ta’rifidan ko’rinib turibdiki, uning oxirgi maqsadi foyda (daromad) olish va unga egalik qilishdan iborat.
Halollik (poklik), ochiq–oydinlik, berilgan va’daga sodiqligi, korxona mahsuloti yoki xizmati iste’molchilarini hurmat qilish kabi hamda korxona va iste’molchi, biznes–korxonalar, biznes–korxona va davlat o’rtasidagi ahloqiy mezon va me’yorlar biznes–korxonalarning etikasini tashkil qiladi. Ulardan ko’rinib turibdiki, biznes–korxona iste’molchilarni, hamkorlarini va davlatni aldamasdan hamda har qanday nayrang yo’llarga o’tmasdan halollik bilan olingan foydaga egalik qilishi kerak. Bundan tashqari biznes korxonalardan jamiyat oldida turgan maqsadlarga erishishga ko’maklashish ham talab qilinadi. Shunday qilib, biznes– korxonalar o’zi faoliyat ko’rsatayotgan jamiyat oldida javobgar bo’lib, olgan foydaning ma’lum bir qismi jamiyat ehtiyoji, manfaati va uning takomillashishi uchun sarf qilinishi lozim.
Mamlakat iqtisodiy ahvolining holatiga qarab biznes–korxonaga etik talablar turli darajalarda qo’yilishi mumkin. Masalan, mamlakatning barqaror iqtisodiyotga erishish davrida biznes–korxonalarning ushbu sharoitlarga moslashish va omon qolish, ish joylarini va malakali xodimlarni saqlab qolish, foyda olish hamda raqobatbardosh bo’lish talablari qo’yiladi. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorlashi bilan biznes– korxonalar oldiga qo’yiladigan etik talablarining mohiyati yanada oshadi va kengayadi. Masalan, barqaror iqtisodiyot davrida biznes–korxonalar oldiga muhtojlarga (bolalar uyi, qariyalar uyi, pensionerlar, nogironlar va boshqalar) yordam berish, korxonaning sosial javobgarlik darajasini yanada oshirish va yangi ish joylarini tashkil etish talablari qo’yiladi. Sosial javobgarlik deganda biznes–korxonaning ixtiyoriy ravishda korxona xodimlarining, qishloq, shahar va o’z mamlakati aholisining sosial muammolarini hal qilishga yordam berishi tushuniladi.



Download 180.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling