T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Biznes bo’yicha suhbat o’tkazish etikasi


Download 180.21 Kb.
bet29/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Biznes bo’yicha suhbat o’tkazish etikasi


  1. Suhbatga kelish va yaxshi taassurot qoldirish

Biznesmenlar o’z faoliyati davrida hamkasblari, biznes mahsuloti yoki xizmati iste’molchilari, o’z qo’lostidagilar va rahbarlar bilan muloqotga tushishga majburdirlar. Muloqotlar reja asosida va to’satdan tashkil qilinishi hamda stol atrofida suhbat yoki majlis shaklida olib borilishi mumkin.


Amalda biznes korxona xodimlarining rahbar bilan uchrashuvi majlis shaklida o’tkaziladi qolgan barcha uchrashuvlar suhbat shaklida tashkil qilinadi.
Suhbat ikki tomon o’rtasida bo’ladigan muloqot bo’lib, unda har tomondan bir yoki bir necha kishi qatnashishi mumkin. Suhbat davrida bir–birlariga nisbatan yuzma–yuz o’tirishadi. Suhbatning muvaffaqiyatli o’tishi birinchi navbatda ikki tomon ishtirokchilarining ham amaldagi etiket qoidalariga qat’iy rioya qilishlariga hamda suhbatdoshlarning suhbat mavzusi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Ushbu bobda bo’lajak biznesmenlar diqqati suhbatni tashkil qilish va olib borish uslublariga emas, balki suhbatlar davrida rioya qilinishi kerak bo’lgan amaldagi etiket qoidalariga e’tibor beriladi. Shu boisdan ham bob materiallarini yaxshi o’zlashtirish uchun har bir kishi (talaba, kitobxon) o’zini suhbatni tashkil qiluvchilar, va suhbat ishtirokchilari o’rnida his etishi kerak.
Xalq ichida “o’z vaqtida bo’lishlik” yoki “so’zining ustidan chiqishlik” – “qirollar xushmuomalaligi va monopoliya huquqi” degan eskidan qolgan gap bor. Bu eng qadimiy iboralardan bo’lib, uning kelib chiqishi chet ellik mehmon va elchilarni kutib olish qoidalarining kelib chiqishi bilan bog’liq. Qirollar o’zlarining tarbiyasi va xushmuomalaligi bilan ajralib turishi va mehmonlarni qat’iy belgilangan vaqtda kutib olishi kerak bo’lgan, chunki belgilangan vaqtdan salgina kechikish ham diplomatik missiyaga va uni yuborgan mamlakatga hurmatsizlik deb hisoblangan. Shu boisdan ham qirollar tomonidan chet ellik mehmon va elchilarni qabul qilish bo’yicha qator qoidalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular ichida eng asosiylari chet ellik mehmon va elchilarni kechikmasdan, qat’iy belgilangan vaqtda, qabul qilish va qabulni xushmuomalalik bilan olib borish hisoblangan.
Yuqorida keltirilgan ibora bugungi kunda ham ba’zi bir xizmat sohalari (diplomatiya, vazirlik xodimlari faoliyati, biznes sohasi) uchun o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, aksincha biznes faoliyati bilan
shug’ullanadigan shaxslarga nisbatan vaqtning o’tishi bilan uning ahamiyati yanada oshib boradi.
O’z vaqtida bo’lishlik yoki o’z so’zining ustidan chiqishlik biznesmenlarga nisbatan uchrashuvlarga shu jumladan suhbat va yig’ilishlarga kechikmasdan o’z vaqtida nafis tashqi ko’rinishda kelishni, bergan vadalarini belgilangan vaqtda to’la bajarishni hamda kim bilan qayerda va qanday vaziyatlarda munosabatga tushishidan qat’iy nazar xushmuomalalik bilan muloqot qilish kerakligini bildiradi. Uning sababi shundan iboratki, agar siz suhbat va uchrashuvlarga kechikib kelsangiz, ko’tayotganlar sizga hyech qanday tanbeh berishmasada, bergan vadangizning ustidan o’z vaqtida chiqmasangiz yoki suhbatdoshlar bilan qo’polroq gapiradigan bo’lsangiz, siz to’g’ringizda, o’z so’zining ustidan chiqmaydigan, ishonchsiz va boshqalarni hurmat qilmaydigan biznesmen to’g’risida fikr shakllanadi.
O’tkazish vaqti avvaldan aniq bo’lgan suhbat va uchrashuvlarga amaldagi etiket qoidalariga ko’ra kechikmasdan 4 – 5 min oldin kelish kerak bo’ladi. Kelganda ham uchrashuv yoki suhbatgacha o’zining tashqi qiyofasini yana bir marta qayta nazardan o’tkazishlari shart. Agar lozim bo’lsa, galstuklarini to’g’rilash, maxsus joyda sochlarini tarash, kostyum tushmalarini o’tkazish kerak bo’ladi.
Uchrashuv yoki suhbat xonasiga dadil qadamlar tashlab kirish, yuzida tabassum bilan salomlashish va qo’lini qattiq siqib ko’rishish tavsiya qilinadi, chunki bunday hatti–harakatlar odamning o’ziga ishonchliligidan va suhbatning yoki uchrashuvning ijobiy o’tishidan darak beradi. Bu esa biznesmenlar, ayniqsa yosh biznesmenlar uchun, yoki birinchi yoki bo’lajak hamkorlar bilan uchrashishda juda ham katta ahamiyatga ega. Buning sababi shundaki, bo’lajak hamkor yoki suhbatdosh to’g’risida birinchi fikr kirib kelishda kiyimiga va kiyinishiga, qadam tashlashiga, sochlarining sarishtaligiga va yuzidagi tabassumiga qarab birinchi 15 sekund davomida shakllanadi. Shu sababli ham madaniyatli va o’zini faqat ijobiy tomondan ko’rsatmoqchi bo’lgan biznesmen qayerda, kim bilan qaysi vaziyatda uchrashishlaridan qat’iy nazar, yuqorida ko’rsatilgan amaldagi xalqaro etiket qoidalariga qat’iy rioya qilishlari lozim. Amaldagi etiket qoidalariga ko’ra bironta sabablar bo’yicha uchrashuv yoki suhbatga kechikib kelish yoki umuman kelaolmaslik zaruriyati tug’ilganda, albatta, ularning tashkilotchilarini habardor qilish kerak. Bundan tashqari qancha vaqtga kechikishini ham aytish lozim. Kechikib kelganda ham o’tirganlardan kechirim so’rab, kechikish sababini tushuntirish lozim.



Download 180.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling