T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yengil mashinada ketish qoidalari
Tayanch iboralar:Bortprovodnik; yo’lovchi; koridor; kupe stoli; muloqot; suvenir. Nazorat savollari:Vagonga va kupega kirishda qaysi etiket qoidalariga rioya qilinishi kerak? Vagonda ovqatlanish etiketini bilasizmi? Poyezdan tushishda yo’lovchiga qanday talab qo’yiladi? Yengil mashinada ketish qoidalariBiznes bilan shug’ullanadigan va o’zini madaniyatli deb hisoblaydigan har bir shaxs imijini nafaqat samolyotda yoki poyezda ketishda, yengil avtomashinada yurishda ham saqlashga harakat qilishi kerak. Ular asosan o’zlarining avtomashinalarida yurishadi. Bundan tashqari ba’zan shahar transporti bo’lgan taksidan va tanish bilishlarining mashinalaridan ham foydalanishlari mumkin. Ushbu bandda turli vaziyatlarda avtomashinalarda yurish bilan bog’liq etiket qoidalari ko’rib chiqiladi. Birinchi holat: biznesmen – haydovchi. Bunday vaziyatda u o’zining mashinasida bir o’zi yoki ayollar bilan ham ketishi mumkin. Agar bir o’zi ketayotgan bo’lsa, qo’yidagi qoidalariga rioya qilishi lozim: avtomashinani, shu jumladan uning salonini toza tutishi va ustki kiyimlarini mashinada osib qo’ymasligi, uy kiyimida mashinani haydamasligi kerak. Agar biznesmen o’zining mashinasida bitta ayol kishi bilan ketishi kerak bo’lsa, avval unga o’zining yonidagi joyga o’tirishga yordam beradi va keyin o’zi o’tiradi. Agar birga ketadigan ayollar soni ikkita yoki uchta bo’lsa, birinchi holatda ikkita ayol kishi ham orqa o’tirg’ichlarda o’tirishi kerak. Ularga ham o’tirishda yordam beradi. Agar biznesmen 3 ta ayol kishi bilan ketishi kerak bo’lsa, qo’yidagi etiket qoidalariga rioya qilinishi kerak: ularning ikkitasi orqa o’tirg’ichga o’tiradi: ularning o’tirishida erkak biznesmen mashina eshiklarini ochib yordam beradi. Ayollardan tanishrog’i biznesmen yonidagi oldingi joyda o’tiradi. Uning uchun erkak biznesmen mashinaning oldi tomonidan aylanib o’tib, eshigini ochib, o’tirishga yordam beradi. Manzilga yetib kelgandan keyin esa erkak biznesmen mashinaning eshiklarini ochib va suyanish uchun qo’lini berib, mashinadan tushishga yordam berishi kerak. Avval orqa o’tirg’ichlarda o’tirganlarning tushishiga, keyin esa mashinaning oldidan aylanib o’tib, oldingi o’tirg’ichda o’tirgan ayol kishining tushishiga yordam beradi. Ikkinchi holat - biznesmen shahar transoprti taksi yo’lovchisi. Agar biznesmen taksida ketayotgan bo’lsa, u mashinada mehmon hisoblanadi. Shuning uchun ham mehmonlarga xos hatti–harakat va muloqot qilishi lozim. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: taksining orqa o’tirg’ichiga o’tiriladi, chunki orqadagi joylar faxriy hisoblanadi; ketishda ham ha deb gapiraverish mumkin emas, sohib sifatida taksi haydovchisiga gapirish va birinchi bo’lib hol–ahvol so’rashga imkon berish kerak; bundan tashqari mashina salonida ustki kiyimlarni yechib yurish, mashina oynasidan sochlarini ko’rish yoki labini bo’yash ham mumkin emas. Agar taksida 2 – 3 ta ayol kishi bilan ketish kerak bo’lsa, ayollar orqa o’tirg’ichda, erkak biznesmen esa haydovchi yonida o’tirish kerak. Agar bir ayol bilan birga ketish kerak bo’lsa, ayol va erkak biznesmen ham orqa o’tirg’ichda o’tirishi kerak. O’tirishdan oldin taksining o’ng eshigini ochib ayol kishining o’tirishiga yordam beradi, keyin esa erkak biznesmenning o’zi o’tiradi. Agar taksida erkak biznesmenning bir o’zi ketayotgan bo’lsa ham mashinaning orqa joyida o’tiradi. Tanish yoki o’rtoqlarining mashinasida ketishda erkak kishi haydovchi yonidagi joyda o’tirish kerak. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling