T. Xudayshukurov Biznes – etiket
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.5. Restoran va ziyofatlarda sigaret chekish etiketi
92 Tayanch iboralar: ayol va erkak kishi; qo’l va tirsak; tizza; chalqanchasiga o’tirish; aksirish; baland ovoz va shivirlash; suhbat mavzusi; mehmonchilikka chaqirgan kishi; yonidagi kishining u tarafidagi va boshqa stol atrofidagi mehmon bilan gaplashish Nazorat savollari: 1. Ovqatlanish yoki ziyofat stoli atrofida birinchi bo’lib kim o’tiradi: erkakmi yoki ayol kishimi? 2. O’tirishda oyoq, qo’llar va yelka qanday holatlarda ushlanishi kerak? 3. Ziyofat va ovqatlanish stollari atrofida o’tirishda qaysi harakatlarni qilmaslik kerak? 4. Stol atrofida aksirgan kishilarga “sog’ bo’ling” tilagini tilash kerakmi yoki yo’qmi? 5. Stol atrofida gaplashib o’tirishda so’z ohangi qanday bo’lishi kerak, suhbat mavzusi-chi? 6. Restoranga mehmonchlikka taklif qilinganda buyurtmani kim berishi kerak? 7. Yoningizdagi kishi qo’shnisi va boshqa stol atrofidagi kishilar bilan gaplashishda qaysi etiket qoidalariga rioya qilishi lozim? 12.5. Restoran va ziyofatlarda sigaret chekish etiketi Chekish – bugungi kunda dunyo xalqalari boshiga kelgan balo (ofat) hisoblanadi. U millat ham, jins ham, yosh ham, kasb ham tanlamaydi. Sigaretni, ayniqsa O’zbekistonda, yoshlar ham, qariyalar ham, erkaklar ham, ayollar ham chekishadi. Buning ustiga u ish joylarida ham, ko’chada ham, jammoat joylarida ham, ovqatlanish korxonalarida ham chekilaveradi. Shunday ekan, ushbu bandda biznesmenlar uchun restoranlarda va mehmondo’stlikda chekish bo’yicha xalqaro etiket qoidalarini yana bir bor eslatib o’tish lozim deb topildi. Chekish bo’yicha umumiy tavsiya shundan iboratki, restoranlarda va boshqa kishilar uylarida, jamoat joylarida, ko’chada chekishdan vaqtincha voz kechish kerak, chunki sigaret tutining chekmaydigan kishilar sog’lig’i uchun zarari juda ham katta; agar chekmay turish iloji bo’lmasa, faqat shu maqsadda ruxsat berilgan joylarda chekish mumkin. Sigaretning odam organizmi uchun zararligini hisobga olgan holda Yevropaning qator mamlakatlarida, masalan, Germaniya va Fransiyada, restoranlarda chekish man qilinmoqda va sigaret chekuvchilar uchun 93 alohida zallar va joylar ajratilmoqda. Biznesmen vatandoshlar, esingizdan chiqmasinki, chet mamlakatlarda boshqa kishidan, agar u taklif qilmasa, so’rab, sigaret chekish qoidasi qabul qilinmagan. Restoranga borgandan keyin bu yerda chekish mumkinmi yoki mumkin emasligini bilish kerak. Agar ovqatlanish stoli ustida kuldon bo’lmasa yoki chekish mumkin emaslik belgisi quyilgan, yoki “chekish mumkin emas” deb yozib qo’yilgan bo’lsa, siz uchun qancha qiyin bo’lmasin, chekishdan vaqtincha voz kechib turish kerak. Agar ovqatlanish zalida chekishga ruxsat berilgan bo’lsa, stol ustiga kuldon qo’yilgan bo’ladi. Ba’zi bir restoranlarda chekish uchun maxsus xonalar ajratib qo’yilgan bo’lishi ham mumkin. Ovqatlanish zalida sigaret chekishga ruxsat berilgan restoranlarda ham sigaret chekish uchun erkak kishi avval ayol kishilardan, keyin o’zidan yoshi ulug’lardan ruxsat olishi kerak. Agar ayol kishi sigaret chekmoqchi bo’lsa, u uchun faqat yoshi ulug’larning ruxsati kifoya qiladi. Maxsus ajratilgan xonaga sigaret chekish uchun chiqishda ham, chekuvchining jinsidan qat’iy nazar, kechirim so’rab, stol atrofida o’tirganlardan chiqish uchun ruxsat olishi kerak. Agar siz ziyofat berishda ziyofat stoli atrofida mehmonlarning sigaret chekishga roziligingizni bildirish uchun stol ustiga kuldonlar qo’yish kifoya qiladi. Mehmonchilikda sigaret chekadigan erkak ham, ayol ham avval uy bekasidan, keyin qolganlardan bundan oldin ko’rsatilgan tartibda ruxsat so’rashlari lozim. Stol atrofida o’tirganlardan biron kishi sigaret chekib boshlagandan keyin erkak kishilar chekish uchun faqat yonida o’tirgan ayol kishilardan ruxsat so’rashi kifoya qiladi. Agar mehmondorchilik ziyofati hovlida yoki dalada tashkil qilinsa, ovqatlanish stolidan biroz nariroq joyda sigaret chekuvchilar uchun ustiga kuldon o’rnatilgan stol qo’yilishi kerak. Restoranlarda chekuvchilar uchun alohida ovqatlanish zali tashkil qilingan Yevropa mamlakatlariga guruh bo’lib safarga borganda barcha guruh a’zolari oldida katta muommo paydo bo’lishi mumkin, chunki chekuvchilar va chekmaydiganlar bir joyda ovqatlanishlari uchun sigaret chekmaydiganlar chekuvchilar bilan birga chekish ruxsat berilgan zalga yoki sigaret chekuvchilar chekmaydiganlar bilan birga chekish ruxsat berilmagan zalga kirishlari kerak. Birinchi vaziyatda chekuvchilar sigaret chekishdan vaqtincha voz kechishga, ikkinchi vaziyatda esa chekmaydiganlar sigaret tutiniga chidab turishga majbur. Ba’zi bir Yevropa mamlakatlarida joylar faqat sigaret yoki faqat trubka, yoki sigaret va trubka chekish uchun ajratilgan bo’lishi mumkin. 94 Bunday mamlakatlarning sigaret chekish joyida trubka chekish yoki trubka chekish joylarida sigaret chekishda katta jarima to’lash xavfi mavjud. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling