T. Xudayshukurov Biznes – etiket
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009
Tayanch iboralar:
tufli, paypoq, kamar, uzuk, soat, ruchka, ro’molcha. Nazorat savollari 1. Biznesmenlar tuflisi qanday tanlanadi? 2. Biznesmen tuflisi bilan kiyiladigan paypoq qanday bo’lishi kerak? 3. Qo’lga taqiladigan uzuk va soatlarga qanday talablar qo’yiladi; 27 4. Ruchkaning biznesmen uchun qanday ahamiyati bor? 4.4. Ayol biznesmenlar ish kiyimlari 4.4.1. Ish kiyimi garderobi Ayol kishi qayerda yashashi, qayerga borishi va faoliyatning qaysi turi bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar go’zal bo’lishi kerak. Albatta, bu talab birinchi navbatda ayol biznesmenlarga taalluqlidir. Ayol biznesmenlar go’zalligini yanada nafislashtirishda ularning ish kiyimlari katta ahamiyatga ega. Yevropa mamlakatlarining aksariyat kompaniyalarida rangi va bichilishi hamda turi bo’yicha qabul qilingan ish kiyimlarida faoliyat ko’rsatiladi. Ularning ba’zilarida ish kiyimi sifatida ayol biznesmenlar uchun faqat kostyum, ba’zilarida esa ko’ynak yoki yubka qabul qilingan bo’lsa, qolganlarida esa ish kiyimining uchala turiga ham ruxsat berilgan. Yevropacha biznes-etiket qoidalariga ko’ra biznesmen ayollar garderobida quyidagi ish kiyim turlarining bo’lishi tavsiya etiladi: - minimum bitta klassik kostyum; - yuqori sifatli uzun yengli ko’ylak yoki bluzka; - tufli; - xushbichimli pidjak; - taqinchoqlar. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, atrofdagilarda o’z to’g’risida yaxshi taassurot qoldirishni istaydigan har bir ayol biznesmen qaysi korxonada, qaysi kiyim turini kiyib ishlash qabul qilinganligidan qat’iy nazar, kiyiladigan kiyim turlarini va taqinchoqlarni to’g’ri tanlay olishi kerak. Agar biznesmen ayolning o’zi tanlay olmasa, bundan oldin ta’kidlanganidek, imijmeykerlarga murojaat qilish lozim. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling