T. Xudayshukurov Biznes – etiket


 Biznes–etiket fanining tushunchalari, predmeti va vazifasi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/58
Sana20.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1712619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

1. Biznes–etiket fanining tushunchalari, predmeti va vazifasi
1.1. Asosiy tushunchalari
 
Har bir fanning atama va tushunchalari mavjud bo’ladi. Xuddi 
shuningdek, biznes–etiket faniga ham oid tushunchalar mavjud. Ularni
bilish va mazmunini tushunish fan materiallarining talabalar tomonidan tez 
o’zlashtirishiga imkon beradi. Bu yerda biznes–etiket fanining quyidagi 
atama va tushunchalarining mohiyati ochib beriladi: biznes, biznesmen, 
etiket va biznes –etiket. 
Biznes iborasi inglizcha “business” co’zidan olingan bo’lib, tom 
ma’noda faoliyat, ish, xizmatni bildiradi, keng ma’noda esa tijorat (savdo–
sotiq) bilan bog’liq tashabbuskor faoliyat deb talqin qilinadi. Biznes – 
faoliyat shaxsiy, qarzga yoki kreditga olingan mablag’ hisobidan o’zini 
xavf ostiga qo’ygan va javobgarligini bo’yniga olgan holda xo’jalik 
yurituvchi shaxsning kun kechirish, mustaqil bo’lish va foyda olish usuli 
hisoblanadi. 
Biznesmen iborasi inglizcha “businessman” so’zidan olingan bo’lib, 
tom ma’noda tadbirkor degan ma’noni beradi, amalda esa tijorat, 
tadbirokorlik yoki savdo–sotiq ishlari bilan shug’ullanadigan shaxsni 
bildiradi. Agar ushbu atama biznes iborasining mazmuniga nisbatan talqin 
qilinadigan bo’lsa, biznesmen foyda keltiradigan aylanma kapitalning va 
foydaning sohibi hisoblanadi. Shunday qilib, biznesmen o’zining qarzga 
yoki kreditga olgan mablag’lari hisobidan tijorat, tadbirkorlik yoki savdo–
sotiq ishlari bo’yicha faoliyat qiladigan va uning natijasi uchun 
javobgarlikni o’z bo’yniga to’liq oladigan shaxs hisoblanadi. 
Biznesmen bo’lish uchun oliy ma’lumot shart emas. Lekin 
biznesmen amaldagi biznesga oid xalqaro, o’z millatiga va mamlakatiga 
xos milliy odob va ahloq hamda yurish–turish qoidalarini yaxshi bilishlari 
shart. Ushbu qoidalar aynan biznes–etiket fanida o’rganiladi. 
Etiket iborasi esa fransuzcha “etiquette”so’zidan olingan bo’lib, tom 
ma’noda etiketka yoki birkani anglatadi. Keng ma’noda esa o’zini tutish 
(ahloq, odob), xushmomalalik qoidalari tushuniladi. Etiket iborasi kelib 
chiqishining o’ziga xos tarixi bo’lib, u Fransiya qiroli Lyudovik XIV davri 
bilan bevosita bog’liq. Avvallari Fransiyada tovar nomi yozilgan qog’oz 
yopishtirilib qo’yiladigan qoziqcha etiket deb nomlangan. Keyinchalik shu 
nom bilan tovar nomi yozilgan qog’ozning o’zi yuritilib boshlagan. 
Keyinroq Fransiya qiroli Lyudovik XIV tantanali qabul marosimlaridan 
birida mehmonlarga “Xulq–atvor”, ya’ni ahloq qoidalari deb yozilgan 
kartochka tarqatib chiqadi. Kartochka esa etiketka deb nomlangan bo’ladi. 



Vaqtning o’tishi va Fransiyada monarxiyaning mustahkamlanishi bilan 
etiketka so’zi etiket iborasiga, unda yozilgan qoidalar esa ahloq va odob 
qoidalari deb yuritilib boshlagan. Bugungi kunda etiket iborasi deyarli 
dunyoning barcha tillarida ishlatiladi. Masalan, rus tili lug’atida etiket – 
qandaydir jamiyatda o’zini tutish (yurish – turishning) belgilangan tartibi 
va muomala qilish shakli deb ta’riflanadi. 
Jamiyatda shakllangan etiket qoidalari ahloqiy me’yorlar deyiladi. 
Biznes sohasining ham o’ziga yarasha ahloqiy me’yorlari mavjud. Shu 
me’yorlarga itoat qilgan holda biznes faoliyatini olib boradigan shaxslar 
ma’naviy madaniyatli deb hisoblanadi va uarning ishi ijobiy va tez bitadi.
Etiket qoidalari dogma emas, jamiyatning o’zgarishi bilan ular ham 
o’zgarib va takomillashib boradi: vaqtning o’tishi bilan ularning ba’zi 
birlari eskirib, qo’llanishdan chiqadi, ularning o’rniga yangi ahloq 
qoidalari paydo bo’ladi, ba’zi bir qoidalar takomillashib jamiyatdan 
jamiyatga o’tib boradi. Masalan, salomlashishda qadimiy Xitoy
Mongoliya va Misr xalqlari tomonidan salomlashish so’zlari o’rnida 
ishlatilgan “Bugun siz ovqatlandingizmi” yoki “Mollaringiz omonmi” 
so’zlari xozir ishlatilmaydi. Ularning o’rniga so’z bilan yoki qo’l berib 
salomlashish qoidalari qabul qilingan. Qadim zamonlarda harbiylar 
metalldan yasalgan sovut, temir qalpoq va qo’lqop kiyishib yurishgan. 
Ular mehmondorchilikka ham ushbu kiyimda borishgan. Lekin 
salomlashishda temir qalpog’ini va qo’lqopini yechishgan. Ushbu 
salomlashish 
qoidasi 
takomillashib, 
bugungi 
kunda 
ba’zi bir 
mamlakatlarda bosh kiyimini olib yoki ozgina ko’tarib salomlashish 
qoidasiga aylangan. Demak, hozirgi jamiyatdagi etiket qoidalari bundan 
olin o’tgan jamiyatlarda shakllangan ahloq va odob qoidalari mahsuli 
hisoblanadi. 
Yuqorida ko’rib chiqilgan biznes va etiket tushunchalarining 
mohiyatini hisobga olgan holda biznes–etiket tushunchasining mazmunini 
ochib berish mumkin. Demak, biznes–etiket deganda biznes sohasida yoki 
biznesmenlar o’rtasida qabul qilingan xalqaro va milliy etiket qoidalariga 
rioya qilish asosida biznes faoliyati bilan shug’ullanish tushuniladi. 
Biznes–etiket kasbiy etiketning aniq bir turi bo’lib, umumfuqarolik 
axloq va odob qoidalaridan farq qiladi. Biznes–etiket qoidalari ham 
vaqtning o’tishi bilan qo’llanishdan chiqib, o’zgarib va takomillashib 
boradi. 
Etiket 
qoidalarining 
bunday 
xususiyatiga 
etiketning 
o’zgaruvchanligi deyiladi. Biznes, ayniqsa xalqaro biznes, diplomatiya, 
umumfuqarolik va boshqa sohalarda ba’zi bir etiket qoidalari, masalan, 
ovqatlanish etiketi qoidalari, bir xil bo’ladi. Etiket qoidalarining barcha 



sohalarida bir xil qo’llanishi ularning universalligi deyiladi. Ba’zi bir etiket 
qoidalarining bir jamiyatdan kelguvsisiga o’zgarmay o’tishi etiketning 
doimiyligi deb nomlanadi. O’zbekistonda biznes faoliyatini olib borish 
o’zbek urf–odat qoidalari bilan boyitilgan Yevropa xalqaro biznes–etiket 
qoidalariga asoslanadi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling