T. Xudayshukurov Biznes – etiket
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.Etiket qoidalari va ularning biznesmenlar uchun ahamiyati
Tayanch iboralar:
baxt; Lyudovik XIV; umumfuqarolik etiketi; saroy etiketi; diplomatik etiket; harbiy etiket; Biznes–etiket. Nazorat savollari: 1. Odamlar bir–birlaridan ajralgan holda yashay oladilarmi, sizning fikringiz qanday? 2. Etiket – bu nima va kim tufayli ushbu tushuncha qabul qilingan? 3. Umumfuqarolik etiketi deganda nimani tushunasiz va nima uchun u umumuqarolik deb ataladi? 4. Saroy va diplomatik etiket qoidalari kimlarga taalluqli? 5. Harbiy etiketga kimlar itoat qilishlari lozim? 6. Biznes–etiket qaysi qoidalarni o’z ichiga oladi? 7. Nima uchun biznesmenlar biznes–etiket va umumfuqarolik etiketi qoidalarini yaxshi bilishlari kerak? 2.2.Etiket qoidalari va ularning biznesmenlar uchun ahamiyati Inson jamiyat mahsuli hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, u boshqalardan ajralgan holda hyech qachon va hyech qayerda yashay olmaydi, baxtli bo’laolmaydi. Shu boisdan ham “odam odam bilan tirik” deb bekorga aytilmagan. Halq tajribasiga asoslangan bu ibora juda ham chuqur ma’noga ega, chunki odamlar bir–birlari bilan gaplashmasa, o’zlarining xursandchiliklarini, his–tuyg’ularini va g’am–g’ussalarini boshqalar bilan baham ko’rmasa, ular yashay olmaydilar. Munosabatga tushish orqali odamlar o’z fikrlarini, atrof–muhitga, voqyea va hodisalarga hamda boshqalarga bo’lgan munosabatlarini bildirishadi. Bundan tashqari odamlar bir–birlari bilan muloqot qilish jarayonida sodir bo’layotgan voqyealar va hodisalar, boshqa masalalar, hatto o’ziga bo’lgan izzat–hurmat darajasi to’g’risida ma’lumotlar oladi, ya’ni o’zining qiziqishlari bo’yicha ma’lumotlarga bo’lgan talabini qondiradi. Boshqalar bilan munosabatga tushishning eng muhim tomonlaridan biri yana shundan iboratki, odam ijobiy energiya oladi, uning 13 kayfiyati yaxshilanadi, hayotga va o’z kasbiga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi. Shuning uchun ham odamlar azaldan bir–birlari bilan yaxshi munosabatda bo’lishga va yaqin yashashga harakat qilishib kelishgan. Odamlarning bir jamiyatda tinch–totuv yashashining va turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining aosida ming yillar davomida shakllangan va ushbu jamiyatda qabul qilingan urf–odat qoidalari (bir–birlari bilan muloqotga tushish, yurish–turish va turli vaziyatlarda o’zini tutish) va rasm–rusumlarga itoat qilish yotadi. Bugungi kunda har bir soha xodimlari uchun etiket qoidalari shakllangan va ularning hayotida katta o’rin tutadi. Xizmat turlari doiralarida xizmat etiketiga amal qilinadi. Xizmat etiketi umumfuqarolik etiketining bir turi hisoblanib, xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat qiladigan xodimlarning turli vaziyatlarda uchrashuvlarida munosabatga tushish, yurish–turish va kiyinish qoidalarini o’z ichiga oladi. Biznes–etiket xizmat etiketining bir turi hisoblanadi. U biznes faoliyatida itoat qilinishi kerak bo’lgan qoidalar majmuidan iborat. Biznes–etiket qoidalari biznesmen uchun o’ta katta ahamiyatga ega. Ularni o’rganib, egallab olish, birinchidan, biznesmen uchun madaniyat belgisi hisoblanadi, ikkinchidan, ularga rioya qiladigan kishilarning faoliyati muvaffaqiyatli bo’ladi. Biznes–etiket qoidalarini bilmaydigan va uning natijasida hamkorlar va hamkasblari bilan muomala qila olmaydigan biznesmenlarning ishlari tez bitmaydi, bitsa ham qiyinchiliklar bilan bitadi, faoliyat natijasi esa doimo yaxshi bo’lavermaydi. Shu sababli ham o’zini madaniyatli deb hisoblaydigan biznesmenlar etiket qoidalarini yoshligidan boshlab butun umri bo’yicha o’rganishadi. Hozirgi vaqtda etiket qoidalari boshlang’ich maktabdan boshlab o’rganiladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling