T. Xudayshukurov Biznes – etiket
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009
Tayanch iboralar: Biznes, biznesmen, etiket, o’zgaruvchanligi, universalligi, doimiyligi, Biznes–etiket. Nazorat savollari: 1. Biznes iborasi qaysi tildan olingan, tom va keng ma’noda nimani bildiradi 2. Biznesmen tushunchasining mazmunini bilasizmi va u qaysi tildan olingan? 3. Etiket tushunchasi qaysi tildan olingan, uning vujudga kelish tarixi va mazmuni nimalardan iborat? 4. Etiket qoidalarining o’zgaruvchanligi, universalligi va doimiyligini qanday tushunasiz? 5. Biznes–etiket tushunchasini qanday ta’riflash mumkin? 6. Biznes faoliyatini olib borishda qaysi etiket qoidalariga rioya qilinadi? 1.2. Biznes–etiket fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Fanning predmeti deganda ushbu fan bo’yicha talabalar tomonidan o’rganilishi kerak bo’lgan o’quv materiallari majmui tushuniladi. Biznes–etiket fanida quyidagi masalalar o’rganiladi: - biznesda munosabat qilishning universal qoidalari va biznesmenlarga xos fazilatlar; - biznesmenlar imiji va uni shakllantirish, ijobiy taassurot qoldirish yo’llari, biznesmenlar to’g’risida salbiy taassurot qoldiruvchi omillar; - biznesmenlarning tashqi qiyofalariga, ish kiyimlariga va kiyinishiga qo’yiladigan talablar; - biznes korxonalarida biznesmenlarning hamkasblari va korxona rahbarlari bilan o’zaro munosabat qilish bo’yicha yevropacha etiket qoidalari; 8 - biznesmenlarning hamkorlari bilan suhbatlashishiga qo’yiladigan etiket talablari; - biznes korxonalarida xizmat yuzasidan xatlar yozish va telefonda gaplashish etiket qoidalari; - mehmondo’stlik va uning biznesmenlar uchun ahamiyati; - mehmondo’stlik qilishda chaqirilgan joyga borish va ziyofat stoli atrofida o’tirishning umumiy qoidalari; - ziyofat dasturxonini bezatish, ovqatlanish va ziyofat stollari atrofida o’tirish va o’zini tutish qoidalari; - restoran va ziyofatlarda sigaret chekish etiketi qoidalari; - tamolarni iste’mol qilishning umumiy etiket qoidalari; - umumiy idishlarda beriladigan gazak va mahsulotlarni, xo’l mevalarni iste’mol qilishning etik qoidalar; - ovqatlanish priborlari va ulardan foydalanish qoidalari; - taomlarga vinolarni tanlash bo’yicha tavsiyalar, spirtli ichimliklar butilkalarini ochish va mehmonlar idishlariga quyish texnikasi; - yo’l etiketi qoidalari (yo’l ketishga tayyorlanish, samolyotda, poyezdda ketishda o’zini tutish va yengil mashinalarda ketish). Biznes–etiket fanining asosiy maqsadi turizm sohalari va sifat ekspertizasi yo’nalishlari uchun jamiyatda qabul qilingan etiket qoidalarini yaxshi biladigan, ularga rioya qiladigan hamda shaxsiy biznes bilan kelajakda shug’ullanaoladigan mutaxassis – kadrlarni tayyorlashdan iborat. Har qanday o’quv fanining asosiy vazifasi uning asosiy maqsadidan kelib chiqib, unga erishishga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham “Biznes–etiket” fanining asosiy vazifasi, uning maqsadidan kelib chiqqan holda, biznes sohasidagi umumiy, kiyinish, o’zaro munosabat qilish, hamkorlar bilan suhbatlar o’tkazish, xizmat yuzasidan xatlar yozish, telefonda gaplashish, ovqatlanish va yo’l ketish etiketi qoidalarini talabalarga tanishtirishdan iborat. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling